2021 yilda Özbekistonga mehnat migrantlarining pul ötkazmalari hajmi qariyb 7,6 milliard AQŞ dollarini yoki mamlakat YAIMning 11,6 foizini taşkil etişi kutilmoqda. Bu haqda Jahon banki özining Migratsiya va rivojlaniş masalalariga bağişlangan hisobotida eʼlon qildi.
Prognoz hisob-kitoblariga mos holda past va örta daromadli mamlakatlarda mehnat migrantlarining pul ötkazmalari 2021 yilda keskin 7,3 foizga oşib, 589 milliard AQŞ dollarini taşkil etgan.
Hisob-kitoblarning körsatişiça, COVID-19 pandemiyasi keltirib çiqargan çuqur global çekinişga qaramasdan 2020 yilda pul ötkazmalari oqimining barqarorligi deyarli saqlanib, atigi 1,7 foizga qisqargan bölsa, keyingi ösiş surʼatining tiklanişi kutilganidan ham jadalroq bölgan.
“Bu iqtisodiy qiyinçiliklar davrida migrantlar ona yurtlaridagi oziq-ovqat, soğliqni saqlaş va taʼlim kabi zaruriy tovar va xizmatlar uçun uy xöjaliklarining xarajatlariga tayanç böladigan pul ötkazmalarining naqadar muhim ekanligini anglatadi”, deyiladi Jahon bankining hisobotida.
Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlariga pul ötkazmalari hajmi 2020 yilda 8,6 foizga kamaygan bölsa, Yevropa Ittifoqidagi iqtisodiy tiklaniş hamda neft va gaz narxlarining keskin oşişi hisobiga 2021 yilda uning hajmi 5,3 foizga ösib, 67 milliard dollarni taşkil etişi kutilmoqda. Şuningdek, prognozga köra, 2022 yilda pul ötkazmalari hajmi 3,8 foizga ösadi.
Qayd etilişiça, COVID-19 bilan kasallanişning yana keskin ösişi va harakatlanişga çeklovlarning qayta kiritilişi, şuningdek, byudjetdan rağbatlantiriş va bandlikni qöllab-quvvatlaş dasturlarining tugatilişi pul ötkazmalari oqimining kamayişiga sabab bölişi mumkin.
Maʼlumot uçun, yanvar-sentyabr oylarida Özbekistonga kirib kelgan transçegaraviy pul ötkazmalari hajmi 5,7 mlrd dollarni taşkil etgan.









