Dubay şahzodasi ov qiliş uçun Özbekistonga keldi

Dubay şahzodasi ov qiliş uçun Özbekistonga keldi

Dubay amirligining taxt vorisi Şayx Hamdan ibn Muhammad al-Maktum ov qiliş uçun Özbekistonga keldi. Bu haqda Telegram’dagi «Tashkent_Land» kanali xabar qildi.


Dubay amirligining taxt vorisi Şayx Hamdan ibn Muhammad al-Maktum ov qiliş uçun Özbekistonga keldi. Bu haqda Telegram’dagi «Tashkent_Land» kanali xabar qildi.

Foto: Telegram /Tashkent_Land


Foto: Telegram /Tashkent_Land

Foto: Telegram /Tashkent_Land


Foto: Telegram /Tashkent_Land

Foto: Telegram /Tashkent_Land


Foto: Telegram /Tashkent_Land

Qayd etilişiça, valiahd şahzoda Navoiy viloyatida anʼanaviy loçin ovida iştirok etadi.

Maʼlumot uçun, bu şahzodaga anʼana bölib qolgan va u har yili Navoiyga şu maqsadda keladi. Şahzoda Hamdan loçinlar bilan şu hududda tuvaloqlarni ovlaydi. Şayx sönggi bor 2021 yilning 6 oktyabrida Özbekistonga kelgandi.

Foto: Twitter / Group Fazza


Foto: Twitter / Group Fazza

Foto: Twitter / Group Fazza


Foto: Twitter / Group Fazza

Foto: Twitter / Group Fazza


Foto: Twitter / Group Fazza

Foto: Twitter / Group Fazza


Foto: Twitter / Group Fazza

«Amirliklarning yörğa tuvaloqni asraş markazi»


Navoiy şahridan qariyb 50 kilometr uzoqlikdagi çöl hududida 300 gektar yer maydonni egallagan «Amirliklarning yörğa tuvaloqni asraş markazi» (AYTAM) joylaşgan. Markaz BAA vitse-prezidenti, Dubay amiri Şayx Muhammad ibn Roşid al-Maktum taşabbusi bilan 2008 yil aprel oyida taşkil etilgan.


AYTAM faoliyatining asosiy maqsadi — Özbekistonda Osiyo yörğa tuvaloğining barqaror populyatsiyasini qöllab-quvvatlaş, ularni köpaytiriş, asraş hamda har yili quşlarni yovvoyi tabiiy muhitga qöyib yuboriş kabi tadbirlar majmuasidan iborat.

Quşlarni yovvoyi tabiatga uçiriş mavsumi, asosan, sentyabr—oktyabr oylari hisoblanadi.

Özbekiston Davlat ekologiya qömitasi maʼlumotlariga köra, BAA şayx va şaxzodalari Özbekistonga sport va havaskorlik ov qiliş maqsadida kelganida özlari bilan şaxsiy ovga örgatilgan loçinlarini olib kelib, qaytarib olib ketadi. Bunda loçinlar yöq bölib ketiş xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qiliş töğrisidagi konventsiya (SITES)ning ilovalariga kiritilganligi sababli ularni respublika hududiga olib kiriş va olib çiqiş uçun SITES’ning Özbekistondagi maʼmuriy organi – Davlat ekologiya qömitasining maxsus import va eksport SITES ruxsatnomalarini olişi talab etiladi.

Uşbu örnatilgan tartib asosida ruxsatnomalarda şayxlarning şaxsiy loçinlarining turi va soni ruxsatnomada körsatilişi bilan birga ularning belgilari (uzuk, mikroçiplari) ruxsatnomaga ilova qilinadi. Uşbu belgilar orqali Özbekiston aeroportlaridan biriga qönganda joylardagi bojxona xizmati va Davlat ekologiya qömitasi vakillari iştirokida birma-bir tekşirilib ruxsatnomalarga maxsus belgilar qöyiladi hamda olib çiqib ketiş davrida ham xuddi şunday belgilar böyiça röyxat asosida tekşirib çiqariladi.

×