Özbekistonda 14 yoşga tölmagan bolalarga nisbatan sodir etilgan nomusga tegiş va jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş jinoyatlari uçun 25 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanadi. Bu haqda bugun, 2 oktyabr kuni bölib ötgan yalpi majlisda Oliy Majlis Senati tomonidan körib çiqilgan va maʼqullangan “Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunda söz bordai.
Senator Abdulxakim Eşmurodovning maʼlum qilişiça, Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi (14 yoşga tölmagan şaxsning nomusiga tegiş) böyiça 2022 yilda 85 ta, 2023 yilda 108 ta, 2024 yilda 129 ta, 2025 yilda esa 123 ta jinoyat işi qözğatilgan. Şuningdek, Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (14 yoşga tölmaganligi aybdorga ayon bölgan şaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) böyiça 2022 yilda 144 ta, 2023 yilda 163 ta, 2024 yilda 170 ta va 2025 yilda 116 ta jinoyat işi oçilgan. Şuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan şahvoniy şilqimlik böyiça murojaatlar soni 2023 yildagi 56 tadan 2025 yilda 141 taga yetgan.
Qonun bilan 14 yoşga tölmagan şaxsning nomusiga tekkanlik hamda unga nisbatan jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondirganlik uçun uzoq muddatli 25 yilgaça yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi joriy etilmoqda. Şuningdek, bolalarning jinsiy daxlsizligiga qarşi sodir etilgan öta oğir jinoyatlar böyiça javobgarlikka tortiş va hukmni ijro etiş muddatlarining ötib ketganligi qöllanilmaydi. Bolaning ölimiga sabab bölgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar uçun şartli hukm qiliş va jazodan muddatidan ilgari şartli ozod qiliş butunlay taqiqlanmoqda.
Jinsiy zöravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bölgan bolalarga protsessual harakatlarga jalb etilgan ilk daqiqalardan eʼtiboran davlat hisobidan bepul malakali yuridik yordam körsatiş tizimi joriy etilmoqda. Zöravonlikdan jabr körgan voyaga yetmaganlarni söroq qiliş jarayonini videoyozuv orqali qayd etiş, jinsiy erkinlikka qarşi jinoyat qurboni bölgan bola va gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi örtasidagi yuzlaştirişni maxsus tartib böyiça ötkaziş, jabrlanuvçi bola va ayblanuvçi örtasidagi yuzlaştirişni faqat tergovçi, prokuror qarori yoki sud ajrimi asosida ötkaziş belgilanmoqda. Agar zöravonlik oila aʼzolari yoki yaqin qarindoşlar tomonidan sodir etilgan bölsa, protsessual jarayonlarda vasiylik va homiylik organi vakilining iştiroki majburiy qilib qöyilmoqda.
Mehnat kodeksiga kiritilayotgan qöşimçaga köra, taʼlim va tarbiya muassasalarida bolani tarbiyalaş va unga taʼlim beriş borasidagi majburiyatlar öz zimmasiga yuklatilgan taʼlim taşkiloti xodimining bolaga nisbatan zöravonlik sodir etganlik uçun javobgarlikka tortilganligi munosabati bilan uning mehnat şartnomasi iş beruvçining taşabbusi bilan bekor qilişga asos böladi. Bunday şaxslarning kelgusida bolalar bilan işlaşiga çeklov qöyiladi.
Şu bilan birga, ota-onalarning bolalarga ğamxörlik körsatmasligi, ularning asosiy ehtiyojlarini qasddan qanoatlantirmasligi, nikoh yoşi töğrisidagi qonunçilikni buzişi, şuningdek, bolalarni soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qilmaganlik uçun maʼmuriy javobgarlik çoralari kuçaytirilmoqda.
Tazyiq va zöravonlikka uçragan xotin-qizlar va bolalar qayta zöravonlikka uçraşdan qörqib murojaat qilişga ikkilanmasligi uçun, ularning söroviga asosan yaşaş manziliga yozma yoki elektron javob xati yubormaslik tartibi joriy etilmoqda.
“Bu oilaviy nizolarning yanada avj olişi va qayta zöravonlik sodir etilişining oldini olişga xizmat qiladi”, deydi senator.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullanib, imzolaş uçun Prezidentga yuborildi.









