Avvalroq, Oliy Majlis Senatining öttiz yettinçi yalpi majlisida senatorlar Özbekistonda “svet”, gaz va suvdan noqonuniy foydalaniş öğrilik jinoyati bilan tenglaştirilişi va bu qonun ular tomonidan maʼqullangani haqida xabar bergan edik. Mazkur qonun kuçga kirdi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, keça, 13 mart kuni tasdiqlangan Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks (MJtK) hamda Jinoyat kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritilgan. Unga köra, elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovoddan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalaniş öğrilik deb belgilandi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan qöşimçaga köra, umumiy foydalanişdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida özboşimçalik bilan ulaniş yoki kommunal xizmatlarni hisobga oliş asboblariga, ularning plombalariga qasddan şikast yetkaziş yoki körsatkiçlarini özgartiriş maqsadida ularga taşqaridan aralaşiş yöli bilan talon-toroj qiliş öğrilik deb belgilandi. Mazkur huquqbuzarlik uçun 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanilişi mumkin.
Şuningdek, MJtKga kiritilgan qöşimçaga köra, uşbu huquqbuzarlikni oz miqdorda sodir etgan şaxslarga bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravaridan 20 baravarigaça (3 mln sömdan 6 mln sömgaça) miqdorda jarima yoki 15 sutkagaça maʼmuriy qamoqqa oliş jazosi qöllanilişi mumkin.









