Senat yangi özbek alifbosi töğrisidagi qonunni maʼqulladi

Senat yangi özbek alifbosi töğrisidagi qonunni maʼqulladi

10 sentyabr kuni Senatning 19-yalpi majlisida “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida”gi qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilişiça, qonun bilan “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi örniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan taşkil topişini nazarda tutuvçi tegişli özgartirişlar kiritilmoqda.

Şuningdek, yangi tahrirdagi alifboga ötiş jarayonida fuqarolar va taşkilotlarning huquq va manfaatlarini inobatga oliş maqsadida qonun kuçga kirguniga qadar amaldagi alifbo asosida rasmiylaştirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlarning muomalada bölişiga tösqinlik qilinmasligi belgilanmoqda. 


Maʼlum qilinişiça, qonun ijrosi töliq taʼminlanguniga qadar davlat organlari va taşkilotlarining ayrim ramziy belgilari, peşlavha va körsatkiçlardan esa ular yaroqsiz holatga kelguniga qadar yoki belgilangan muddatgaça foydalanişga ruxsat beriladi.

Senatorlarning fikriça, mazkur qonunning qabul qilinişi lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi va imlo qoidalarini takomillaştiriş, davlat tilidan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, şuningdek, özbek tilini raqamlaştiriş jarayonlarini rivojlantirişga xizmat qiladi.

Bildirilişiça, muhokama yakunida senatorlar qonunni maʼqullagan.


Teglar:
×