Bugun, 19 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining yigirma birinçi yalpi majlisida “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uçun maʼmuriy jazolar liberallaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi Qonun körib çiqildi.
Uşbu Qonun bilan maʼmuriy huquqbuzarliklarning xavflilik darajasidan kelib çiqib, maqbullaştiriş maqsadida 5 ta modda sanktsiyasi miqdori kamaytirilmoqda. Xususan, transport vositalari egalari tomonidan suğurta polisini olmaganlik yoki muddati ötgan suğurta polisi yoki suğurta polisida nazarda tutilmagan şaxs avtotransport vositasini boşqarganligi, yölovçilarni litsenziyasiz taşiş bilan şuğullanganligi, pasport tizimi qoidalarini buzganligi, fuqarolar tomonidan valyuta qiymatliklarini noqonuniy oliş yoki ötkaziş uçun jarima miqdori kamaytirilmoqda.
Şuningdek, senatorlar tomonidan qayd etilişiça kiritilayotgan özgartirişlar bilan transport vositasini boşqariş vaqtida haydovçilarga “bluetooth”, quloqçin va boşqa qölni band qilmaydigan garnituralar foydalanişga ruxsat berilmoqda.
Transport vositasi salonining old qismiga monitor (displey) örnatiş uçun javobgarlik bekor qilinmoqda, şuningdek, transport vositalari haydovçilarining belgilangan harakat tezligini oşirib yuborganda tezlikni ölçaydigan maxsus uskunalar qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr ayirib taşlab hisoblaş joriy etilmoqda.
Bundan taşqari, Içki işlar organlari yoki konsullik muassasasi tomonidan berilgan biometrik pasport (ID-kartasi) mavjud bölgan taqdirda haydovçidan transport vositasini boşqariş huquqini beruvçi hujjat, transport vositasini röyxatdan ötkazganlik töğrisidagi, şuningdek transport vositasiga egalik qiliş, egasi yöqligida undan foydalaniş yoki uni tasarruf etiş huquqini tasdiqlovçi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça suğurta polisi talab etilmaydi.
Qonun Senatorlar tomonidan maʼqullandi.









