Endi kommunizmni tarğib qilganlar 5 yilga qamaladi. Çexiyada!

Endi kommunizmni tarğib qilganlar 5 yilga qamaladi. Çexiyada!

Çexiyada kommunistik mafkurani tarğib qiliş taqiqlanişi mumkin bölgan harakatlar röyxatiga kiritildi. Mamlakat Jinoyat kodeksiga kiritilgan tegişli özgartirişlarni keça, 17 iyul kuni Prezident Petr Pavel imzoladi. Bu haqda “Euractiv” naşri xabar bermoqda.

Yangi normalarga köra, kommunizm amalda natsizmga tenglaştirilmoqda va uni tarğib qilganlik uçun 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilandi. Bu inson huquq va erkinliklarini bostirişga yoki irqiy, etnik, milliy, diniy yoki sinfiy nafrat uyğotişga oçiqça yönaltirilgan natsistik, kommunistik yoki boşqa harakatlarni “yaratuvçi, qöllab-quvvatlovçi yoki tarğib qiluvçilar”ga nisbatan qöllanadi.

Mazkur tuzatmalar Çexiyaning totalitar rejimlarni örganiş instituti kabi ilmiy muassasalari taşabbusi bilan işlab çiqilgan. Ular mamlakatda “huquqiy nomutanosiblik”ni tuzatiş zaruriyatini taʼkidlagan.

Uşbu qonun qabul qilinişi fonida Çexiya va Moraviya Kommunistik partiyasi hukumatning bu çoralarini qoraladi.

“Bu – Çexiya va Moraviya Kommunistik partiyasini qonun doirasidan çiqariş va amaldagi rejim tanqidçilarini qörqitişga qaratilgan navbatdagi muvaffaqiyatsiz uriniş”, deya bayonot bergan kommunistlar.

Partiya hozirda Çexiya parlamentida vakillikka ega emas, biroq sönggi sörovlarga köra, u tarkibida bölgan “Yetarli” (Çvatit) alyansi oktyabr oyidagi saylovlarda 5 foiz ovoz olişi mumkin. Yangi tuzatmalar partiya faoliyatiga qanday taʼsir qilişi hozirça nomaʼlum.


×