Frantsiyada öquvçilarning taʼlim tizimidagi muammolarga qarşi noroziliklari vaqtida 440 kişi uşlandi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Qayd etilişiça, 29 sentyabr kuni mamlakat böylab 3 700 ga yaqin maktabdan 400 tasida namoyişlar yoki tartibsizliklar kuzatilgan. Öquvçilar sinflardagi öquvçilar sonining köpligi, öqituvçilar yetişmasligi va dars jadvallarining haddan taşqari tiğizligiga qarşi çiqqan.

Noroziliklar dastlab Parijda boşlangan va keyinçalik mamlakatning boşqa hududlariga tarqalgan. Lill şahrida yuqori sinf öquvçilari çiqindi qutilariga öt qöygan, politsiyaçilarga şişa idişlar, toşlar va boşqa buyumlarni otgan. Huquq-tartibot xodimlari namoyişçilarni tarqatiş uçun közdan yoş oqizuvçi gaz işlatgan.

Frantsiya Içki işlar vaziri Loron Nyunetsning maʼlum qilişiça, mamlakat böylab 440 kişi qölga olingan. Ularning qariyb uçdan ikki qismi politsiya bölimlariga olib ketilgan. Töqnaşuvlar vaqtida jami 48 nafar politsiyaçi jarohatlangan. Rasmiylarga köra, ayrim namoyişçilar huquq-tartibot xodimlariga xlorid kislota ham uloqtirgan.
Parij şimolidagi Lamartin litseyida öquvçilar tiğiz dars jadvaliga qarşi plakatlar kötargan. Ulardan birida “08:00–18:00. Dars soatlari uyqudan köp” degan yozuv bölgan.

Parij yaqinidagi Sena-Sen-Deni hududida esa yuzlab öquvçilar iştirokidagi namoyişga mer Balli Bagayoko ham qöşilgan. U noroziliklarni qonuniy deb atab, kam daromadli hududlarga boşqa joylarga qaraganda kamroq resurs ajratilayotganini bildirgan. Frantsiya Boş vaziri Sebastyan Lekornyu namoyişlarning kuçayişi masʼuliyatsizlik bölişini aytgan. U maktablar yaqinidagi yonğinlar va zöravonliklarni qoralagan.

Şu bilan birga, “Böysunmas Frantsiya” partiyasi yetakçisi Jan-Lyuk Melanşon politsiyaning namoyişçilarga qarşi harakatlarini tanqid qilgan. Lekornyu esa uning bayonotlarini “masʼuliyatsiz keskinlaştiriş” deb baholagan.









