Prezident Namanganda maktab öquvçilari iştirokida YTHlar soni köpayganini tanqid qildi

Prezident Namanganda maktab öquvçilari iştirokida YTHlar soni köpayganini tanqid qildi

Bgun, 15 may kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötayotgan maktab taʼlimi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oşiriş hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişida viloyatlarda, ayniqsa, Namanganda öquvçilarga avtomobilni ijaraga beriş avj olgani oqibatida har oyda 10-15 nafar yoşlar majruh bölib qolayotgani, öim bilan tugayotgan holatlar ham köp ekani qayd etildi

Içki işlar boşliqlari, viloyat, tuman prokurorlari qonun ustuvorligini taʼminlaşda sustkaşlikka yöl qöyayotgani körsatib ötildi.

Şu munosabat bilan bolalarga maşina boşqarişni berganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş böyiça qonun loyihasini tayyorlaş topşirildi.

Şuningdek, hozirda 7-11 sinf öquvçilari kuniga 8 soatgaça vaqtini telefonda ijtimoiy tarmoqlarda ötkazayotgani maktab direktori va muallimni ham, ota-onalarni ham öylantirişi zarurligi taʼkidlandi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 2 aprel kuni Namangan viloyatining Davlatobod tumanida maktab öquvçilari boşqaruvidagi Nexia-3 yuk maşinasi bilan töqnaşib ketgandi. Suriştiruv işlari davomida maʼlum bölişiça, 11-sinf öquvçisi avtomobilni 9-sinf öquvçilariga 2 soatga, 220 ming söm evaziga ijaraga bergan.

15 aprel kuni esa Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanidagi 70- sonli maktabning 2 nafar 8-sinf öquvçisi Telegramʼdagi avtomaşinalarni ijaraga beriş bilan şuğullanuvçi guruhdan Spark avtomaşinasini 1 million söm evaziga 8 soatga ijaraga olgan.

Ular maşinani katta tezlikda boşqarib ketayotganida yöl çetidagi beton tösiqqa borib urilgan. YTH oqibatida bolalar turli tan jarohatlari olib, şifoxonaga yotqizilgan.

Bu hodisalar ortidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi “Adolat” SDP fraktsiyasi aʼzosi Dilmurod Ismoilov mamlakatda avtomototransport vositalarini qisqa muddatga ijaraga beriş faoliyatini noqonuniy amalga oşiriş holatlari va buning oqibatida kelib çiqayotgan oğir vaziyatlar yuzasidan jiddiy taşviş bildirib, Özbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Rustamoviç Mahkamov hamda Içki işlar vaziri Aziz Anvaroviç Toşpölatovga deputat sörovi bilan murojaat qildi.


Teglar:
×