Namanganda maktab öquvçilari tovuqlarga zarar yetkazgan itni çinorga osib qöydi (18+)

Namanganda maktab öquvçilari tovuqlarga zarar yetkazgan itni çinorga osib qöydi (18+)

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Çortoq tumanida bir guruh maktab öquvçilari tovuqlarga zarar yetkazgan itni çinorga osib qöygani aks etgan video tarqaldi. Namangan viloyati IIB Axborot xizmati holat yuzasidan izoh berdi.

Maʼlum qilinişiça, joriy yil 24 may kuni Çortoq tumani “Sohibkor” MFY Navbahor köçasida yaşovçi, Çortoq tumani XTBga qaraşli umumtaʼlim maktabining 6-sinf öquvçisi H.H. şu mahallada yaşovçi 5-sinf öquvçisi Z.Ş. bilan birgalikda uydagi tovuqlariga zarar yetkazgan itni dalaga olib borib taşlab kelmoqçi bölgan. Voyaga yetmaganlar şu maqsadda itni özi bilan birga olib ketib, özlari sodir etayotgan harakatlarni huquqiy oqibatini tuşunib yetmasdan itni çinor daraxtiga osgan.  

Uşbu holatni Çortoq tumani “Hayrli” MFYda yaşovçi, 2003 yilda tuğilgan I.B. videoga olib, Telegram ijtimoiy tarmoğidagi “Sinfdoşlar” guruhiga yuborgan. Joriy yilning 27 may kuni uşbu videoni tumandagi maktabning 11-sinf öquvçisi A.T. TikTok ijtimoiy tarmoğiga joylaştirgan. 

Qayd etilişiça, hozirda videotasvirdagi kuçukning ahvoli yaxşi va itni osib qöygan H.H. tomonidan parvarişlab kelinmoqda. Holat yuzasidan Çortoq tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar suriştiruv harakatlari olib borilib, aybdor şaxslarni javobgarlik masalasini hal etişlik uçun tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgani maʼlum qilindi.

×