
Ramazonda rözador bolalarni maktab hovlisida yugurtirgani aytilgan Qöqon şahridagi 8 - maktab direktori Feruza Jabborova 27.06.2019 kuni ikki yuz Aqş dollari miqdorida pora olayotganida, Viloyat IIB korruptsiyaga qarşi kuraş xodimlari va Qöqon şahar departamenti xodimlari tarafidan maktab hovlisida qölga olingan.
Feruza Jabborova ahloqsizligi, spirtli içimliklarga mukkasidan ketgani va organdagi baʼzi insonlarga işonib, xohlaganini qilişi bilan şaharda nom qozongan edi.
Direktorni mast holatda maktab bolalari bir neça marotaba körişgan. Oğzidan sökiniş tuşmaydigan bu ayol nafaqat direktorlikka, balki, ayol degan nomga nomunosib. Lekin şunça vaqtdan beri xalq taʼlimi bölimidagilar bunga köz yumib kelişdi.
Eng qiziği, Feruza Jabborovani bugun iş joyida körişgan. Maktabdagi yaqinlariga "Böldi, hammasi tinçidi. Yuqoridagi tanişlarim orqali hal qildim. Gapni u yoq, bu yoqqa çiqarmanglar", degani aytilmokda
Ayni damda, Feruza Jabborovaga nisbatan Özbekiston respublikasi jinoyat kodeksi 210 - moddasi bilan 27.06.2019 kuni Qöqon şahar prokuraturasi tarafidan iş qözğatilgan. Hozirda tergov jarayoni davom etmoqda.
Faruza Jabborova avval xam sudlangan. 2000 yilda 209 modda, 1 qism a bandi bilan, 228 modda, 1 qismi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
2013 yil 210 modda bilan sudlangan.
Bolalarni maktab hovlisida yugurtirgani uçun 30 foizlik jarima bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
2018 yil Qöqon şahridagi 41 maktab direktori ustidan öz nomi bilan daʼvo arizasi yozgan. Har bir boladan pora olişini iddao qilgan. Arizadagi daʼvo tasdiğini topmagan. Feruza Jabborovani özi, tuhmat qilgani uçun ayblanib, maʼmuriy jazoga tortilgan.
Manba: Sof. uz









