Ozarbayjonda ham öquvçilar boş kötardi: 37 kişi hibsga olindi

Ozarbayjonda ham öquvçilar boş kötardi: 37 kişi hibsga olindi

Ozarbayjon poytaxti Bakuda maktablarda hijob kiyişni taqiqlovçi yangi qoidalar ortidan norozilik namoyişlari boşlandi. Namoyişlar ortidan 37 kişi hibsga olindi. Bu haqda “Azerbaijan Press“ xabar berdi

Naşrning yozişiça, Bakuning Garadoğ tumanida maktab direktorlaridan birining avtomobiliga öt qöyilgan. Yasamal tumanida esa maktablardan biriga öt qöyişga uriniş bölgan. Har ikki holatda ham heç kim jabrlanmagan.

Voqealar yuzasidan Ozarbayjon Jinoyat kodeksining jamoat tartibini buzişga olib keladigan harakatlarni taşkil etiş yoki ularda faol qatnaşiş bilan boğliq moddasi böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Uşbu modda böyiça uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan.



Noroziliklar fonida mamlakatda TikTok va Instagram faoliyatida ham uzilişlar kuzatilgan. Biroq internetdagi uzilişlar haqidagi xabarlar tarmoqdagi çeklovlarni kuzatuvçi “NetBlocks” va “Open Observatory of Network Interference” taşkilotlari maʼlumotlari bilan tasdiqlanmagan.

Ozarbayjon hukumati joriy yilning 21 sentyabr kuni maktab formasiga oid yangi qoidalarni tasdiqlagan. Unga köra, taʼlimning dunyoviy xususiyatiga zid keladigan va yagona maktab formasiga mos bölmagan kiyimlarda darsga boriş taqiqlangan. Joriy yilning 6 oktyabridan boşlab bu talablar öqituvçilarga ham tatbiq etilgan.

Keça, 12 oktyabr kuni maktablarda yangi qoidalarga rioya etilişi tekşirila boşlangan. APA agentligi xabariga köra, belgilangan talablarga mos kiyinmagan öquvçilar bilan şifokorlar va psixologlar iştirokida suhbatlar ötkazilgan. Ularning ota-onalari ham maktabga çaqirilib, yangi talablar tuşuntirilgan.

Mahalliy naşrlar xabariga köra, Ozarbayjonning kamida ikkita maktabida öquvçilar yangi çeklovlarga qarşi darslarni boykot qilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda hijob sabab maktabga kiritilmagan öquvçilarning öqituvçilarini quçoqlab, yiğlayotgani aks etgan videolar ham tarqalgan.

Maʼlumotlarga köra, Ozarbayjon aholisining qariyb 96 foizi özini musulmon deb hisoblaydi. Mamlakat Konstitutsiyasida Ozarbayjon dunyoviy davlat sifatida belgilangan, şu bilan birga, diniy erkinlik ham kafolatlangan.

Ozarbayjon hukumati diniy kiyimlarga qöyilgan çeklovni öquvçilar örtasida tenglikni taʼminlaş bilan izohlamoqda. Parlament deputati Sevinç Fataliyevaning aytişiça, yagona maktab formasi bolalar örtasidagi ijtimoiy va diniy farqlarni kamaytirişga xizmat qiladi.

“Bu talablarni kimningdir diniy eʼtiqodiga qarşi kuraş deb emas, balki betaraf taʼlim muhitini himoya qiliş deb tuşuniş kerak. Bunday muhitda bolalar diniy eʼtiqodi, moddiy ahvoli yoki qaysidir guruhga mansubligiga qarab ajratilmaydi. Öqituvçi qarşisida şunçaki öquvçi turadi”, degan deputat.


×