Şifokorlar adaşib bemorning soğ quloğini operatsiya qildi

Şifokorlar adaşib bemorning soğ quloğini operatsiya qildi

Turkiyada şifokorlar bemorning kasallangan quloği örniga soğlom quloğini operatsiya qildi. Bu haqda “Akşam” xabar berdi.

Naşrning yozişiça, Kojaeli şahrida yaşovçi Murat Tarakçi öng quloğida suyuqlik töplangani sababli Istanbulning Tuzla tumanidagi Okan universiteti şifoxonasiga murojaat qilgan. Biroq operatsiya vaqtida adaşib, uning çap quloğiga nayça örnatilgan. Narkoz taʼsiridan öziga kelgan Tarakçi çap quloğida kuçli oğriqni his qilgan va şifokorlar xatosini payqagan.


Şundan söng, tibbiy guruh öşa kunning özida bemorni yana umumiy narkoz ostida operatsiya qilib, öng quloğida ham jarrohlik amaliyotini ötkazgan.

“Professorning öng va çap quloqni adaştirişi jiddiy xato”, deya norozilik bildirgan Tarakçi.

U şifoxona va şifokor ustidan şikoyat qilgan. Şifoxona maʼmuriyati esa huquqiy jarayon davom etayotgani sababli hozirça izoh bermasligini bildirgan.


Teglar:
×