“Uzr, öğlingizni kislotada eritib yubordik”. Mafiya adaşib öldirgan qurbonining ota-onasiga tovon puli taklif qildi

“Uzr, öğlingizni kislotada eritib yubordik”. Mafiya adaşib öldirgan qurbonining ota-onasiga tovon puli taklif qildi

Italiyada mafiyaning ikki vakili 23 yil avval anglaşilmovçilik sabab kislotada eritib yuborgan yigitning ota-onasiga “zarar”ni qoplaş uçun tovon puli va kvartira taklif qildi.

Qayd etilişiça, Neapolning Kamorra jinoiy guruhining ikki aʼzosi 56 yoşli Salvatore Kammarota hamda 64 yoşli Karlo Nappi bundan 23 yil avval, 2000 yilda 26 yoşli Julio Jassio ismli quriliş işçisini öğirlab ketgan. Keyin uni otib taşlab, tanasini kislotada kuydirib yuborişgan. Biroq keyinçalik maʼlum bölişiça, ular Kammarotaning singlisi bilan işqiy munosabatda bölganlikda gumon qilib, öldirgan yigit umuman boşqa odam bölib çiqqan. 

Ötgan yilning dekabr oyiga kelibgina sobiq mafiya aʼzolaridan biri tomonidan politsiyaga berilgan maʼlumot asosida jinoyatçilar uşlangan. Ular jabrlanuvçining ota-onasiga 60 ming yevro tovon puli va kvartira taklif qilişgan. Italiya qonunçiligi böyiça jinoyat sodir etgan şaxs jabrlanuvçiga yoki jabrlanuvçining oilasiga tovon tölaşni taklif qilsa, bu jazo tayinlaşda yengillaştiruvçi holat sifatida qaralişi mumkin. Ammo Julioning ota-onasi taklifni rad etib, adolat qaror topişini istamoqda. 

“Dunyodagi heç qanday pul Julioni qaytarib bera olmaydi. Oila adliya tizimiga işonçini saqlab qoladi”, deydi ularning advokati. 

Sudning birinçi majlisi keça, 19 aprel kuni bölib ötgan. Jabrlanuvçining qarindoşlari jinoyatçilarga eng oğir jazo tayinlanişini talab qilmoqda. 


Teglar:
×