Farğonada şifokor adaşib bemorning soğlom oyoğini kesib taşladi

Farğonada şifokor adaşib bemorning soğlom oyoğini kesib taşladi

Farğonada şifokor bemorning çap oyoğini kesiş örniga ikkala oyoğini ham kesib, uning ölimiga sababçi bölgani uçun 4 yil ozodlikdan mahrum qilindi.

Hujjatda qayd etilişiça, şifokor Respublika ixtisoslaştirilgan endokrinologiya markazining Farğona filialidagi xirurgiya bölimi boşliği sifatida faoliyat yuritgan.

Ötgan yilning 18 oktyabr kuni bemor farzandlari tomonidan mazkur muassasaga olib kelingan. Unga “ikkinçi tur qandli diabetning oğir şakli, dekompensatsiya bosqiçi, DTS neyroişemik turi, Vanger-4, çap oyoq boldir qismidan amputatsiyadan keyingi holat, tizza böğimining maydalanib sinişi” taşxisi qöyilgan.

Aynan uşbu bemor şifoxonaga keltirilgan vaqtda xirurgiya bölimi boşliği taʼtilda bölgan. Uning vazifalari vaqtinça D.R. zimmasiga yuklatilgan.

Taʼtilga bölişiga qaramasdan xirurgiya bölimi boşliği vaqtinçalik bölim rahbarini tajribasiz deb hisoblab, uni çetga surib, bemorga jarrohlik muolajasini öz taşabbusi bilan amalga oşirişga qaror qilgan. U tibbiy körsatkiçlar mavjud bölmagan holda “çap son sohasini amputatsiya qiliş” rejasini işlab çiqib, bu hujjatni vaqtinça rahbar yaʼni D.R. nomidan rasmiylaştirgan.

2024 yil 19 oktyabrda ötkazilgan operatsiyada taʼtildagi şifokor öz tanlovi asosida tayinlagan xodimlar va mutaxassis bölmagan talabalar bilan birga iştirok etgan. Ammo amaliyot paytida bemorning kasallikka aloqasi bölmagan öng oyoği son qismidan kesilgan. Keyinroq bemorning çap oyoği ham amputatsiya qilib taşlangan va bunga bemorning biror qarindoşidan ruxsat olinmagan. 

Bir vaqtda ikki oğir operatsiya va soğlom aʼzo kesilişi oqibatida bemor 2024 yilning 7 noyabr kuni vafot etgan.

Quva tuman sudining 2025 yil 6 maydagi hukmi bilan taʼtilda bölgan şifokor Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etişda aybdor deb topilgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 45-moddasi (muayyan huquqdan mahrum qiliş) asosida 4 yilga ozodlikdan mahrum etiş va 3 yil soğliqni saqlaş tizimida rahbar yoki şifokor sifatida işlaş huquqidan mahrum etiş jazosi tayinlangan.

Jinoyat işi Farğona viloyati sudi apellyatsiya instantsiyasida körib çiqilgan. Şifokor özi bergan şikoyatda öz harakatlarini jinoiy deb hisoblamasligini, bemorning vafoti uning amaliyoti bilan boğliq emasligini taʼkidlab, sud hukmini bekor qiliş va oqlaşni söragan.

Sud apellyatsiya instantsiyasi tomonidan dastlabki qaror öz kuçida qoldirilgan va şikoyatlar inobatga olinmagan.


×