Amerika Qöşma Ştatlari va ittifoqçi mamlakatlar keça, 30 sentyabr kuni Iroqda 12 yillik “Özgarmas qatʼiyat” (Operation Inherent Resolve) operatsiyasi yakunlanganini eʼlon qildi. Bu haqdagi rasmiy bayonot Pentagon saytida eʼlon qilindi.
Uşbu bayonot koalitsiyaning şaxsiy tarkibi va harbiy texnikasi Erbil aviabazasidan olib çiqilganidan söng berildi. Press-relizda bu “IŞIDni tor-mor etiş böyiça harbiy missiyaning muvaffaqiyatli yakunlanişi” deb atalmoqda:
“Uşbu tarixiy bosqiç jangarilarni Iroqda va butun mintaqada uyuşgan harbiy tahdid sifatida tor-mor etiş böyiça 12 yillik kampaniya muvaffaqiyatini aks ettiradi. U, şuningdek, uruş davridagi koalitsion missiyadan Iroq tomonidan boşqariladigan hamda xavfsizlik sohasidagi tobora normal ikki tomonlama munosabatlar bilan qöllab-quvvatlanadigan xavfsizlikni taʼminlaş harakatlariga ötişni anglatadi”.
Missiya 30 sentyabrgaça yakunlanişi haqida joriy yilning yozida eʼlon qilingan edi. 2024 yildayoq AQŞ va Iroq uni ikki bosqiçda yakunlaşga kelişib olişgandi. Dastlab bevosita Iroqdagi harbiy missiyani 2025 yilning sentyabrigaça yakunlaş rejalaştirilgan edi, biroq Suriyadagi IŞIDga qarşi operatsiyalarni qöllab-quvvatlaş uçun mamlakat hududidan foydalaniş 2026 yilning sentyabrigaça közda tutilgandi. Joriy yilning iyul oyida Vaşington va Bağdod 30 sentyabrni Iroqda Operation Inherent Resolve yakunlanişining uzil-kesil sanasi sifatida tasdiqladi.
Maʼlumot uçun, operatsiya 2014 yilning avgust oyida, IŞID tomonidan Iroq va Suriyaning katta hududlari egallab olinganidan söng boşlangan edi. AQŞ va ularning ittifoqçilari (ular orasida Buyuk Britaniya, Kanada, Frantsiya va boşqalar bor) guruh pozitsiyalariga havo zarbalari berdi va Iroq kuçlarini öqitdi.
IŞIDning Iroqdagi hududiy “xalifaligi” 2017 yilning oxiriga kelib tugatildi, ammo xalqaro koalitsiya guruhning qolgan yaçeykalariga qarşi operatsiyalarni davom ettirdi. Joriy yilning bahoriga kelib, qolgan amerikalik harbiy xizmatçilar asosan Iroq Kurdistonida joylaşgan.









