Xitoy taşqarisida 2019-nCoV ştammiga ega bölgan koronavirusga çalinganlar soni stabil oşmoqda, deya maʼlum qilgan "Izvestiya" naşriga Ye.I. Martsinovskiy nomidagi Parazitologiya, tropik va transmissiv kasalliklar tibbiyot instituti direktori Aleksandr Lukaşev.
Lukaşevning aniqlik kiritişiça, har kuni infektsiyani yuqtirganlar soni taxminan 10–15%ga ortmoqda.
Şifokor sözlariga köra, koronavirusning iqlim şaroitiga qarab tarqalişi tezligini hozirça tahlil qilib bölmaydi, çunki tegişli statistika hali taqdim etilmagan.
Ekspert taxminiga köra, Rossiya hududiga kasallik Tojikiston yoki Özbekistondan kirişi mumkin.
Markaziy Osiyoda nazorat tizimi yuqori emas, migratsiya kölami esa nihoyatda ulkan, dedi u.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti statistik maʼlumotlariga köra, 25 fevral holatiga dunyoda yangi koronavirusga çalinganlar soni 80 mingdan oşgan. Halok bölganlarning umumiy soni 2,7 mingdan oşib ketgan.
Sal avval "Özbekiston havo yöllari" koronavirus avj olganligi tufayli 1 mart sanasidan boşlab Janubiy Koreyaga parvozlarni töxtatiş qarorini qabul qilgani haqida xabar bergan edik.









