29 sentyabr kuni Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi Özbekiston Mudofaa vazirligi bilan harbiy razvedka sohasida hamkorlik qiliş töğrisidagi bitimni tasdiqladi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hujjat joriy yilning 30 iyul kuni Çölpon-Otada imzolangan. Qaror bitimning kuçga kirişi uçun zarur bölgan davlat içidagi protseduralarni yakunlaş maqsadida qabul qilingan.
Taşqi işlar vazirligiga Qirğiziston tomoni zarur protseduralarni bajargani töğrisida Özbekiston tomonini xabardor qiliş topşirilgan.
Qarorda bitimda hamkorlikning qaysi aniq yönalişlari, axborot almaşiş mexanizmlari va tomonlarning majburiyatlari közda tutilganiga aniqlik kiritilmagan.
Hujjat 10 kundan keyin kuçga kiradi.









