Rossiya va Şimoliy Koreya örtasidagi harbiy hamkorlik butun dunyoga tahdid solmoqda – Blinken

Rossiya va Şimoliy Koreya örtasidagi harbiy hamkorlik butun dunyoga tahdid solmoqda – Blinken

AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya va KXDR örtasidagi harbiy hamkorlik butun dunyo uçun xavf tuğdirayotganini aytdi. Bu haqda Blinken AQŞ-Janubiy Koreya munosabatlariga bağişlangan yillik forumda söz oçdi.

“Biz Rossiya-Şimoliy Koreya harbiy hamkorligi global tinçlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan xavfli yöllarni körsatiş uçun boşqa hamkorlar va ittifoqçilar bilan birgalikda işlayapmiz”, degan Blinken.

Uning fikriça, Rossiya astoydil “uskunalar, taʼminot, texnologiya” izlamoqda, KXDR esa “raketa dasturlarini mustahkamlaş va rivojlantiriş uçun yordam söramoqda”.

Eslatib ötamiz, şu oy örtalarida Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In Rossiyaga kelib, Prezident Putin bilan uçraşgan va mamlakatdagi bir qança harbiy obʼektlarni közdan keçirgandi. 20 sentyabr kuni Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasida Şimoliy Koreya va Rossiya örtasidagi sönggi aloqalar hamda ehtimoliy hamkorlik yuzasidan dunyo yetakçilarini ogohlantirgandi. Keyinçalik Nyu-Yorkda Janubiy Koreya Taşqi işlar vaziri Pak Çin hamda uning amerikalik va yaponiyalik mavqedoşlari bilan uçraşuvida Rossiya va Şimoliy Koreya örtasidagi ehtimoliy qurol-yaroğ bitimiga qarşi çora körişga kelişib olingandi.


×