Özbekiston Şanxay adliya idora va kompaniyalari bilan yuridik xizmatlar körsatiş va kadrlar tayyorlaş sohasida hamkorlik qiladi

Özbekiston Şanxay adliya idora va kompaniyalari bilan yuridik xizmatlar körsatiş va kadrlar tayyorlaş sohasida hamkorlik qiladi

Adliya vazirligi delegatsiyasi Şanxay Hamkorlik Taşkiloti makonidagi huquqiy xizmatlar böyiça forumda iştirok etdi. Tadbir Xitoy Xalq Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan joriy yil 25-26 sentyabr kunlari ötkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabar berdi. 

Forum ŞHTga aʼzo mamlakatlar adliya vazirlarining navbatdagi Majlisi arafasida taşkil etildi. Bu ŞHT mamlakatlari örtasida huquqiy xizmatlar körsatiş sohasidagi hamkorlikning yangi taşabbuslarini muhokama qiliş uçun öziga xos imkoniyat böldi.

Forum doirasida adliya vaziri örinbosari Akbar Toşqulovning Xitoy Xalq Respublikasi adliya vaziri Fu Çjenxua bilan amaliy uçraşuvi bölib ötdi.

Tomonlar Özbekiston Respublikasi va XXR Adliya vazirliklari örtasidagi ikkitomonlama hamkorlikni rivojlantiriş, köp tomonlama formatlar, jumladan ŞHT aʼzo mamlakatlari Adliya vazirliklari majlisi platformasi doirasida özaro hamkorlik qiliş masalalari böyiça fikr almaşdi.

Ular yuridik xizmatlar sohasini birgalikda rivojlantiriş, huquqiy xizmat körsatişni takomillaştiriş va boşqa yönalişlar böyiça tajriba almaşişdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Forum doirasida adliya vaziri örinbosari Akbar Toşqulovning Turkiya Respublikasi Adliya vaziri örinbosari Ugurxon Kus bilan ham amaliy uçraşuvi bölib ötdi. Uçraşuv davomida tomonlar ikki davlat idoralari örtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning holati, bir qator yönalişlarda hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qildi.

Bundan taşqari, adliya vaziri örinbosari Akbar Toşqulov Şanxay politexnika fanlari va huquq universiteti(SHUPL) rektori Lyu Syaoxun bilan amaliy uçraşuv ötkazdi. Ular Toşkent davlat yuridik universiteti va Şanxay politexnika fanlari va huquq universiteti örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qildi.

1984 yilda taşkil etilgan Şanxay politexnika fanlari va huquq universiteti asosiy yuridik yönalişlar böyiça bakalavr, magistr va doktorantlarni tayyorlaydi. Şu bilan birga universitet siyosat, iqtisodiyot, sotsiologiya, boşqaruv, til va adabiyotdan va boşqalardan iborat yönalişlararo taʼlim tizimiga ega. Ayni paytda universitet kampusida 10 mingdan ziyod, şu jumladan çet ellik talabalar tahsil olmoqda.

TDYUU va SHUPL bir neça yildan buyon özaro hamkorlik olib bormoqda. Bundan avval universitetlar rahbariyati va öqituvçilarining özaro taşriflari bölib ötgan.

Şanhayga taşrif doirasida delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining aholiga notarial xizmatlar körsatiş, notariat instituti samaradorligini oşirişning yangi usullari va sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş jarayonini taşkil qiliş böyiça ilğor tajribasini örganiş maqsadida Şanxay şarqiy notarial organiga taşrif buyurdi. Özbekiston notariat tizimidagi özgarişlar Xitoy Xalq Respublikasi vakillarida katta qiziqiş uyğotib, ular özgarişlarni yuqori baholadi.

Taşrif doirasida delegatsiya Şanxay sud ekspertizasi akademiyasi faoliyati bilan tanişdi. Akademiya yöl hodisalari oqibatlarini örganiş, kriminalistik tadqiqotlar, biologik, toksikologik, tibbiy, ruhiy, patalogik ekspertiza kabi sohalarda sud ekspertizasini ötkaziş bilan şuğullanadi. Qolaversa, akademiya sud ekspertizasi sohasida meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihasini işlab çiqadi, çuqur tadqiqotlar olib boradi va ilmiy jurnallar çop etadi.

Taʼkidlaş joiz, X.Sulamonova nomidagi Sud ekspertizasi markazi va Şanxay sud ekspertizasi akademiyasi örtasida hamkorlik aloqalari yölga qöyilgan.

Taşrif doirasida Özbekiston delegatsiyasi «Allbright law offices» yuridik kompaniyasining boş ofisiga taşrif buyurdi.

Uşbu kompaniyada 2,6 mingdan ziyod tajribali yuristlar faoliyat yuritadi. Ular kompaniya mijozlariga global miqyosda yuridik xizmatlar körsatadi.

ADLIYA ŞANXAY Manba: Xabar.uz

×