Anqarada Turkiya va Özbekiston Mudofaa vazirlari Yaşar Guler va Şuhrat Xolmuhamedov örtasida uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, ikki davlat vaziri tomonlar örtasida bölib ötgan muzokaralarga rahbarlik qilgan. Uçraşuv yakunida har ikki vazir tomonidan “Turkiya Respublikasi hukumati bilan Özbekiston Respublikasi hukumati örtasida harbiy tibbiyot sohasida taʼlim va hamkorlik töğrisidagi bitim” hamda “Turkiya Respublikasi Milliy mudofaa vazirligi bilan Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi örtasida 2026 yilga möljallangan harbiy hamkorlikni amalga oşiriş rejasi” imzolangan.
Bundan taşqari, joriy yilning 20 yanvar kuni Turkiya va Özbekiston Anqarada Qöşma Strategik Rejalaştiriş Guruhining törtinçi yiğilişini ötkazadi. Unda ikki mamlakatning Taşqi işlar, Mudofaa va Içki işlar vazirlari, şuningdek, razvedka idoralari rahbarlari iştirok etadi. Uçraşuv iqtisodiy aloqalar, mintaqaviy boğliqlik, energetika va mudofaa sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan.
Muzokaralar asosan ikki tomonlama munosabatlarga qaratiladi, çunki Turkiya va Özbekiston örtasidagi siyosiy aloqalar juda yuqori darajada rivojlanmoqda. Savdo, iqtisodiyot, energetika, transport, qişloq xöjaligi, turizm, soğliqni saqlaş va madaniyat sohalarida hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş böyiça ehtimol çoralarini ilgari surişi kutilmoqda.









