Özbekiston va AQŞ dori vositalari xavfsizligi böyiça hamkorlik qiladi

Özbekiston va AQŞ dori vositalari xavfsizligi böyiça hamkorlik qiladi

Özbekiston va AQŞ örtasida xavfsiz va sifatli dori vositalaridan foydalaniş imkoniyatini kengaytiriş böyiça anglaşuv memorandumi imzolandi. Uşbu muhim hujjat Toşkentda ilk bor taşkil etilgan Özbekiston–AQŞ soğliqni saqlaş forumida maʼqullangan.

Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov va AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Devid Hoffman imzo çekkan hujjat Özbekistonda sil va boşqa kasalliklarga qarşi dori vositalaridan xavfsiz va sifatli foydalaniş imkoniyatini kengaytiriş, farmatsevtika tarmoği ravnaqini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.

«Memorandum ikki hukumatning barça uçun salomatlikni yaxşilaş böyiça umumiy maqsadlarga erişişda hamfikr ekanini yana bir karra tasdiqlaydi», – deyiladi AQŞ elçixonasi xabarida.

USAID Özbekistondagi milliy manfaatdor tomonlar va hamkorlar bilan dori vositalari sifatini taʼminlaş tizimini barqaror mustahkamlaş hamda fuqarolarning sifati kafolatlangan dori vositalari va tibbiy buyumlardan foydalaniş imkoniyatlarini yaxşilaş maqsadida yaqindan hamkorlik qiladi. Bu borada AQŞ farmakopeyasi tomonidan amalga oşirilayotgan «Sifatli dori vositalarini tarğib qiliş+» dasturi asosiy örin tutadi.

Soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov va AQŞning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elçisi Jonatan Henik imzolagan kelişuvga köra esa, Özbekiston AQŞ Global soğliqni saqlaş xavfsizligi dasturining 50 ta hamkor mamlakatidan biriga aylanadi.

Avval xabar berganimizdek, USAID Özbekistonda sil kasalligini kamaytiriş uçun maqsadli investitsiyalarni taʼminlaşga qaratilgan beş yillik dasturni işga tuşirgan.

Mamlakat soğliqni saqlaş vazirligi, AQŞ hukumati va xalqaro hamkorlarning birgalikdagi saʼy-harakati tufayli yurtimizda silga qarşi kuraşda ijobiy natijalarga erişildi. Jumladan, sil kasalligidan ölim holati 5 barobarga, silga çaliniş hollari esa 2 barobarga kamaydi. 2019-2025 yillar içida esa sil bilan kasallaniş holatini 20 foizga kamaytiriş közda tutilgan.

COVID-19 pandemiyasi davrida ham AQŞ koronavirusga qarşi kuraş doirasida Özbekistonga moliyaviy kömak va köp millionli vaktsina ajratgan.


×