Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi Komil Allamjonov Telegram maʼmuriyati bilan muzokaralar orqali «Qora mergan» va «Snayper bloger» nomli kanallar bloklanganini maʼlum qildi.
«‘Qora mergan’ degan bir jirkanç Telegram-kanal bölar edi. U asosan faollar, bloger va jurnalistlar hamda meni xoinlikda doim ayblar, barça liberal qaraşli jurnalistlarni AQŞga işlaydigan xoinlar yoki rangli inqilob qiluvçi guruhlar degan uydirma va iflos yorliqlarni yopiştirmoqçi bölar edi. Bugun uşbu kanal bloklandi», — deb yozadi Allamjov.
Buning uçun u Google, Apple kompaniyalariga va şaxsan Pavel Durovga minnatdorçilik bildirgan.
«Öziga maʼqul bölmagan odamlarni yöq qiliş maqsadida tuhmat qiliş, obrösizlantiriş, xullas ifloslik uçun ajratilgan yana bir resurs endi yöq. Albatta, yangisi oçilişi mumkin, lekin uning ham umri qisqa bölişi aniq. Çunki özini hurmat qilgan resurslarda noqonuniy harakatlarga doim barham beriladi. Hayot kuraşdan iborat va qalbi toza va könglida kiri yöqlar ğolib bölaveradi, inşaalloh», — deydi Allamjonov.
Şuningdek, Mass-media fondi Vasiylik kengaşi raisi kurnalist va blogerlarning aşaddiy duşmani bölgan «Snayper bloger» Telegram-kanali ham bloklanganini maʼlum qilgan. Uning aytişiça, uşbu blogerning Facebook’dagi sahifasi ham tez kunda bloklanadi.
«Tozalaş işlari davom etadi. Agar yangisi oçilsa, uni ham tozalaymiz. Kuraş soğlom bölişi kerak! Iflosliklar çarçatdi», — deya taʼkidlaydi Allamjonov.









