Ijtimoiy tarmoqlarda içki işlar organlari xodimlari öz joniga qasd qilişga uringan qizni qutqarib qolganligi aks etgan video tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan IIBB maʼlumot berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 25 oktyabr kuni taxminan soat 01.15 larda Toşkent şahar IIBB navbatçilik qismiga X.I. ismli fuqaro öz joniga qasd qilayotganligi haqida xabar kelib tuşgan.
Voqea joyiga zudlik bilan şu hududda xizmat olib borayotgan Uçtepa tumani IIO FMB PPX xodimlari yetib kelişgan. Içki işlar organlari xodimlarining tezkorlik bilan professional ravişda amalga oşirgan saʼy-harakatlari tufayli X.I.ning hayotini saqlab qolişgan.
Uşbu hodisaning sodir etilişiga sabab bölgan omillar profilaktika inspektori va xotin-qizlar masalalari böyiça inspektorlar tomonidan örganilmoqda, deyiladi IIBB xabarida.









