22 yoşli qiz IIB xodimini “Jihod” qilişga undadi

22 yoşli qiz IIB xodimini “Jihod” qilişga undadi

Farğona viloyatining Yozyovon tumanida Içki işlar xodimini jihod qilişga undagan 22 yoşli qiz  sud qilindi.

Yozyovon tumanida yaşovçi 22 yoşli K.O. diniy qiziqişi tufayli Telegram tarmoğida taqiqlangan aqidaparastlikni tarğib qiluvçi kanallarga qöşilib qoladi. Yoş qiz ijtimoiy tarmoqdagi “tanişi”ning körsatmalari asosida aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan audio va video materiallarni tarqatiş bilan şuğullanadi. 

K.O “Mujohid” nomli akkaunt foydalanuvçisidan içki işlar xodimiga turmuşga çiqib, öziga ergaştirib, u bilan “jihod” qiliş topşiriğini oladi. U IIB profilaktika inspektorini Yu.O.ni telefon raqamini topib, bir neça kun davomida unga turli diniy aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan, jihodga çorlovçi materiallarni jönatgan. 

Agarda qizni uni foş qilsa, inspektorga va uning oilasiga tahdid qiliş mazmunidagi materiallarni xam yuborgan. Şuningdek, bu qiz Farğona politexnika instituti talabasi bilan Telegram orqali tanişib, unga diniy mazmundagi materiallarni yuborgan hamda bir qator topşiriqlarni bergan.

Tezkor tadbirlar natijasida mazkur materiallarni yuborgan K.O. aniqlanib, unga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Jinoyat işlari böyiça Yozyovon tuman sudi tomonidan unga nisbatan tegişli moddalar bilan 5 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlab, Jinoyat Kodeksining 72-moddasi tartibida 3 yil sinov muddati belgilandi. 

Xabarda aytilişiça, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din işlari böyiça qömitaning sud-adabiyotşunoslik ekspertizasi xulosasiga köra, yuborilgan audio, video va boşqa formatdagi materiallar amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof ravişda özgartirişga xizmat qilişi, aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgani, şu sababli ularni Özbekiston Respublikasi hududida tayyorlaş, olib kiriş va tarqatiş taqiqlanişi körsatilganligi aniqlangan.

×