24 sentyabr kuni Yaponiyaning Ayti–Nagoya şaharlarida ötayotgan Osiyo öyinlarining 5-kuni doirasidagi bahslar davom etmoqda. Kun doirasidagi akademik eşkak eşiş bahslarida Özbekiston delegatsiyasi navbatdagi oltin medalni qölga kiritdi.
Joriy yil akademik eşkak eşiş böyiça Jahon çempionatida zafar quçgan Şahzod Nurmatov va Sobirjon Safarәliyev Osiyo öyinlarida ham oltin medalga sazovor böldi.
Yengil vaznli sportçilar örtasidagi LM2x dasturida iştirok etgan sportçilar finişga birinçi bölib yetib kelib, Özbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni yozib qöydi. Şu tariqa, Şahzod Nurmatov va Sobirjon Safarәliyev Osiyo öyinlari çempioniga aylandi.
Hozirga kelib Özbekiston delegatsiyasining Osiyo öyinlaridagi jami medallar soni 19 taga ( 3 ta oltin, 9 ta kumuş va 7 ta bronza) yetdi. Ayni damda Özbekiston umumjamoa hisobida 8-örinda bormoqda.









