23 oktyabr kuni Yaponiyaning Ayçi-Nagoya şaharlari mezbonligidagi V yozgi Para Osiyo öyinlarining 5-kuni bölib ötmoqda. Kunning dastlabki qismida özbekistonlik sportçilar – Asila Mirzayorova, Karomat Omonova va Husniya Olimjonova Para Osiyo öyinlari rekordini örnatdi.
Ayollar örtasidagi uzunlikka sakraş va yadro uloqtiriş bahslarida özbekistonlik sportçilar oltin, kumuş va bronza medallariga sazovor böldi.
Ayollar örtasidagi T11 klassida uzunlikka sakraş finalida Asila Mirzayorova 5,04 metr natija bilan oltin medalni qölga kiritdi va Para Osiyo öyinlari rekordini örnatdi. Şahrizoda Temirova esa 4,73 metr natija bilan bronza medaliga sazovor böldi. Kumuş medal Xitoy vakilasiga nasib etdi.
Qayd etiş joiz, Asila Mirzayorova musobaqadagi iştirokini bittadan oltin, kumuş va bronza medallari bilan yakunladi.
Ayollar örtasidagi F46 klassida yadro uloqtiriş finalida Karomat Omonova 13,16 metr natija bilan oltin medalni qölga kiritib, Osiyo rekordini yangiladi. Şahinaxon Yigitaliyeva esa 11,72 metr natija bilan bronza medaliga ega çiqdi.
Ayollar örtasidagi T12 klassida uzunlikka sakraş finalida Özbekiston vakilalari dastlabki ikki örinni egalladi.
Husniya Olimjonova 5,46 metr natija bilan oltin medalni qölga kiritib, Para Osiyo öyinlari rekordini örnatdi. Yoqutxon Xolbekova esa 5,44 metr natija bilan kumuş medalga sazovor böldi. Bronza medal Eron vakilasiga nasib etdi.
Şu tariqa, Para Osiyo öyinlarining 5-kunining dastlabki qismi natijalariga köra, Özbekiston delegatsiyasining musobaqadagi umumiy medallari soni 126 taga yetdi.
Maʼlumot uçun, Özbekiston delegatsiyasi musobaqada 11 ta sport turi böyiça 149 nafar sportçi bilan iştirok etmoqda. Musobaqalar joriy yilning 24 oktyabrga qadar davom etadi.









