Prezident Osiyo öyinlari iştirokçilarini tabrikladi

Prezident Osiyo öyinlari iştirokçilarini tabrikladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Yaponiyada bölib ötgan XX yozgi Osiyo öyinlarida iştirok etgan Özbekiston sport delegatsiyasi aʼzolariga tabrik yölladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Siz, azizlarni Yaponiyaning Aiçi-Nagoya şahrida bölib ötgan XX yozgi Osiyo öyinlarida muvaffaqiyatli iştirok etib, tom maʼnoda tarixiy natijalarni qölga kiritganingiz bilan çin yurakdan samimiy tabriklayman.
Vatanimiz bayroğini baland kötarib, yurtimizga yoruğ yuz, yorqin ğalabalar bilan qaytib kelganingiz muborak bölsin!


Sizlar Osiyo mintaqasining 45 davlatidan 11 mingga yaqin sportçi iştirok etgan, ğoyat keskin kuraşlar ostida ötgan uşbu nufuzli musobaqalarda çinakam mahorat, jasorat va matonat fazilatlarini namoyon etib, mamlakatimiz sporti tarixida yana bir buyuk sahifa oçdingiz”, deydi Özbekiston yetakçisi.

Prezident milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumuş va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beşinçi örinni egallagani Yangi Özbekistonning sport sohasidagi salohiyatidan, mard va bahodir farzandlarning qanday uluğ işlarga qodir ekanidan dalolat ekanini qayd etgan.

“Bu, heç şubhasiz, barçamizga, köp millatli butun xalqimizga çeksiz ğurur va iftixor bağişlaydi.
Özbekiston uşbu öyinlarda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Islom hamkorlik taşkiloti davlatlari orasida birinçi örinni egallagani ham albatta eʼtiborlidir”, deydi Özbekiston rahbari.

Şavkat Mirziyoyev dastlab Abdulvahob Raşidov erkaklar örtasidagi karate bahslarida, Şohsanam Şerzodova yakka holda kanoeda eşkak eşiş dasturida, Ötkirbek Jörayev esa sport gimnastikasi böyiça Özbekistonning Osiyo öyinlaridagi birinçi va tarixiy oltin medallarini olişga muvaffaq bölgani terma jamoa aʼzolarini yuksak marralar sari ruhlantirişda muhim ahamiyat kasb etganini bildirgan.

“Ğayrat va şijoatda tengsiz bölgan yengil atletikaçilarimiz Suhrob Xöjayev bosqon uloqtiriş yönalişida Osiyo öyinlarining oltin medalini qölga kiritgan birinçi özbek sportçisiga aylandi, balandlikka sakraş böyiça 1,90 metrlik natija qayd etgan Barnoxon Sayfullayeva oltin medalni qölga kiritiş bilan birga özining şaxsiy rekordini ham yangiladi.
Yoşlarimizning katta sportda öz örnini dadil egallab borayotgani barçamizni ğoyat quvontiradi, albatta. Yengil atletikaçimiz Şarifa Davronova, boksçimiz Abdumalik Xallakov ikki karra, badiiy gimnastika böyiça Taxmina Ikromova uç karra Osiyo öyinlari çempioni degan şarafli nomga sazovor bölib, qitʼamizda tengsiz ekanini isbotladilar”, deydi Özbekiston yetakçisi.

Prezident akademik eşkak eşiş böyiça yaqinda bölib ötgan jahon çempionatida tarixiy oltin medalni qölga kiritgan Şahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev juftligi murosasiz keçgan Osiyo öyinlari bahslarida ham yetakçilikni saqlab qolganini eʼtirof etgan.

“Mardi maydon sportçilarimiz Osiyo va jahon rekordlarini yangilab, sport tarixiga öz nomlarini zarhal harflar bilan muhrlab qöyganlari musobaqalarning eng yorqin sahifalarini taşkil etdi, desak, töğri böladi. Jumladan, afsonaviy oğir atletikaçimiz Akbar Jörayev 197 kilogramm natija bilan jahon va Osiyo rekordini yangilaşga erişdi. Ğoyat dramatik ruhda keçgan bellaşuvlarda bu polvonimiz Osiyo öyinlari rekordini örnatgani muxlislar qalbidan çuqur joy olgan unutilmas voqeaga aylandi.
Öq otiş böyiça Vladimir Sveçnikov esa Osiyo öyinlari oltin medalini birinçi marta Özbekistonga olib kelgani va Osiyo öyinlari rekordini örnatgani – buyam tarix, buyam ğurur, buyam qahramonlikdir”, deyiladi Prezidentning tabrik maktubida.

Şuningdek, Özbekiston yetakçisi dzyudoçi Muzaffarbek Töraboyev öziga xos jasorat körsatib, çorak finalda koreyalik raqibi, Parij–2024 olimpiadasi sovrindori Kim Mun Jongni, final bahsida esa dzyudo vatani bölmiş Yaponiya vakili Ota Hyogani mağlub etib, Osiyo öyinlarida 2 ta vazn toifasida ğalaba qozongan ilk çempion sifatida tarixga kirganini alohida qayd etgan.

Şu örinda özbek dzyudoçilarining 2 ta oltin, 2 ta kumuş va 3 ta bronza medalini qölga kiritib, 32 davlat vakillari iştirokidagi kuçli raqobat şaroitida Yaponiyadan keyin umumjamoa hisobida ikkinçi örinni egallagani Özbekiston dzyudo sportidagi eng yirik va salmoqli natija ekani eʼtirof etilgan.

“Uç ming yillik tarixga ega bölgan özbek kuraşi böyiça polvonlarimiz ham xalqimizning işonçini munosib tarzda oqladi. Uşbu yönalişda 6 ta oltin medalning törttasini Ahror Ziyodullayev, Şohruxxon Baxtiyorov, Ibodatxon Agojonova va Pokizaxon Kamoldinova qölga kiritib, delegatsiyamiz hisobiga qöşib qöygani uçun ularga tasannolar aytamiz.
Öz ğalabalari tarixi, mahorat maktabini yaratayotgan mana şunday alp öğlonlarimiz, dilbar qizlarimizga şon-şaraflar bölsin!” deydi Şavkat Mirziyoyev.

Özbekiston Prezidenti Osiyo öyinlarida erişilgan har bir yutuq, har bir hayajonli daqiqa odamlar uçun öziga xos bayram, zavq va quvonç ayyomi ekanini qariyb bir oy davomida özbekistonliklar çin dildan his etib yaşaganini urğulagan.

“Albatta, bepoyon Osiyo qitʼasining öziga xos Olimpiya öyinlari bölgan uşbu musobaqalardagi yuksak natijalar öz-özidan bölgani yöq. Ularning zamirida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirişga qaratilgan keng kölamli islohotlar, yaratilayotgan şaroitlar, yoş isteʼdod egalarini qöllab-quvvatlaş böyiça amalga oşirayotgan işlarimiz mujassamdir.
Fursatdan foydalanib, bizga mana şunday unutilmas ğalabalarni taqdim etgan barça sportçilarimizga, ularning ota-onalariga, oltinga teng maslahat va körsatmalari bilan ulkan zafarlarga munosib hissa qöşgan jonkuyar ustoz va murabbiylarga, atletlarimizni doimo qöllab-quvvatlab turgan köp sonli muxlislarga öz nomimdan, xalqimiz nomidan samimiy minnatdorlik izhor etaman”, deyiladi Prezidentning tabrik xatida.

Özbekiston yetakçisi sportçilarga murojaat qilib, ular Osiyo öyinlaridagi ğalabasi bilan Yangi Özbekistonda Olimpiya harakati rivoji yangi bosqiçga kötarilgani, bu yölda yangi oltin avlod şakllanganini butun dunyoga namoyon etganini bildirgan va Yaponiya zaminida erişilgan yutuq va natijalar, töplangan tajribalar 2028 yilda Los-Anjelesda ötadigan Olimpiya öyinlari uçun mustahkam zamin bölib xizmat qilişiga işonç bildirgan.

“Sizlar jahonning ana şu eng nufuzli öyinlariga ham albatta munosib tayyorgarlik bilan borasiz! Kelgusi faoliyatingiz yanada yorqin zafarlarga albatta boy böladi!
Yangi Özbekistonning buyuk sport solnomasini yaratişda sizlarga yutuq va omad hamişa yor bölsin, aziz farzandlarim!” deyiladi tabrik yakunida.


×