Ozarbayjon poytaxti Baku şahrida dzyudo böyiça jahon çempionati yakunlanmoqda. Keça, 11 oktyabr kuni musobaqaning sönggi kunida ötkazilgan aralaş jamoaviy bahslarda Özbekiston terma jamoasi bronza medaliga sazovor böldi.
Saralaş bosqiçida Germaniya va Gruziya terma jamoalarini mağlub etgan Özbekiston terma jamoasi yarim finalda Rossiya jamoasiga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bronza medali uçun keçgan bahsda esa özbekistonlik dzyudoçilar Möğuliston vakillarini 4:2 hisobida mağlub etib, jahon çempionati sovrindorlari qatoridan joy oldi.
Maʼlumot uçun, 2025 yilgi Vengriya poytaxti Budapeşt şahrida ötkazilgan dzyudo böyiça jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi 7-örinni qölga kiritgandi.









