Özbekiston vakillari Paraosiyo öyinlarida 9-oltin medalni qölga kiritdi

Keça, 5 dekabr kuni Bahrayn mamlakati mezbonlik qilayotgan yoşlar örtasidagi Paraosiyo öyinlarining ikkinçi kunida Özbekiston terma jamoasi vakillari 5 ta oltin medalga ega çiqişdi.
 
Qitʼa öyinlarining para taekvondo bahslarida 58 kg vazn toifasida iştirok etgan Qudratillo Şonazarov hamda 70 kg vazn toifasida Asilbek Husanov oltin medalga ega çiqqan bölsa, 63 kg vazn toifasida Qudrat Haydarov bronza medaliga sazovor böldi.

Şuningdek, para pauerlifting bahslarining 59 kg vazn toifasida Odiljon Yoqubov 115 kg toşni böysundirgan holda birinçi örinni egalladi. Ayollar örtasida ğoliblik şohsupasiga kötarilgan Dildora Nurilloyeva (45 kg), hamda Ozoda Olimova (55 kg) ham Paraosiyo çempioni böldi.

Para yengil atletika bahslarining “F 46” klassida nayza uloqtiriş böyiça 42.45 metr natija körsatgan Furqat Neʼmatov bronza medaliga sazovor bölgan bölsa, “F 34” klassida ayollar örtasida disk uloqtiriş böyiça Diyora Anvarova kumuş medalni qölga kiritdi.

Uşbu natijalardan söng, Özbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 16 taga yetdi – 9 ta oltin, 2 ta kumuş va 5 ta bronza.

×