16 yaşar qizni öldirgan ösmir ruhiy nosoğlom deb topilib, oqlandi

16 yaşar qizni öldirgan ösmir ruhiy nosoğlom deb topilib, oqlandi

Malayziyada maktab hojatxonasida 16 yaşar sinfdoşini piçoqlab öldirgan ösmir sud tomonidan ruhiy nosoğlom deb topilib, qotillik ayblovi böyiça oqlandi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilişiça, voqea Kuala-Lumpur çekkasidagi örta maktabda sodir bölgan. Öşa vaqtda 14 yoşda bölgan ösmir maktab hojatxonasida Yap Şing Syuanga bir neça marta piçoq urib, uning ölimiga sabab bölgan.

Sud jarayonida himoya tomoni ösmir qiz öldirganini inkor etmagan. Biroq uning yillar davomida ruhiy salomatligi bilan boğliq muammolardan aziyat çekkanini taʼkidlab, aqldan ozganlik holati sababli oqlaşni söragan.


Ekspert-psixiatrning suddagi maʼlumotiga köra, ösmirda şizofreniya bölgan. U 9 yoşidan boşlab ruhiy xastalik va gallyutsinatsiyalarga öxşaş alomatlarni boşdan keçirgan. Uning ruhiy holati pandemiya davrida va keyinçalik maktabga qaytganidan söng yanada oğirlaşgan.

Advokatlarning bildirişiça, ösmir kasallik alomatlarini nazorat qiliş uçun umrining oxirigaça dori-darmon qabul qilişi kerak.

Sud keça, 14 sentyabr kuni ösmirni qotillik ayblovi böyiça oqlagan. Biroq uni jamiyatga qaytişga yaroqli deb topilguniga qadar psixiatriya şifoxonasida saqlaş va davolaş haqida qaror çiqargan. Uning holati muntazam, ehtimol har yili baholab boriladi.

Ösmirning şaxsi voyaga yetmagani sababli Malayziya qonunçiligiga köra, oşkor etilmagan. Sud jarayoni va hukm öqilgan majlis yopiq tarzda ötkazilgan. Mazkur qotillik Malayziyada katta rezonansga sabab bölgan. Politsiya avvalroq ijtimoiy tarmoqlar ösmirga taʼsir körsatgan bölişi mumkinligini bildirgan. Iş böyiça muhokamalar ayniqsa politsiya ösmir hibsga olingan paytda undan topgan va keyinçalik internetga sizdirilgan yozuv ortidan kuçaygan.


Teglar:
×