Qozoğistonda 16 yoşli qizni zörlab öldirgan özbekistonlik erkak umrbodga qamaldi

Qozoğistonda 16 yoşli qizni zörlab öldirgan özbekistonlik erkak umrbodga qamaldi

Qozoğistonning Turkiston viloyatidagi Törtköl qişloğida 16 yoşli qizning zörlanişi va öldirilişi bilan boğliq rezonansli jinoyat işi böyiça sud yakuniy hukm çiqardi. Bu haqda “Almaty.tv” xabar berdi.

Sud ayblanuvçiga eng oğir jazo – umrbod ozodlikdan mahrum etiş jazosini tayinladi. Şuningdek, u marhumaning oilasiga 50 million tenge (1 mlrd 165 mln 500 ming söm) miqdorida maʼnaviy zarar uçun kompensatsiya tölaşi lozim.

Sud jarayonida gumonlanuvçi öz aybini töliq tan olmagan, biroq sud tergov tomonidan taqdim etilgan dalillarni yetarli va işonçli deb topgan.

Turkiston viloyati ixtisoslaştirilgan tumanlararo jinoyat işlari sudi raisi Dauren Madaliyev hukmni öqib eşittirar ekan, ayblanuvçi umrbod qamoq jazosiga hukm qilingani, şuningdek, pedagogik lavozimlarda işlaş va voyaga yetmaganlar bilan faoliyat yuritiş huquqidan mahrum etilganini maʼlum qilgan. 

Jinoyat joriy yil 6 iyunga ötar keçasi sodir bölgan. Qiz dökondan uyiga qaytayotganida yöqolib qolgan. Uyiga qaytmagan maktab öquvçisini qarindoşlari va qişloq aholisi politsiya bilan birga tun böyi qidirib, ertalab uning jasadini bolalar boğçasi yonidagi yöldan topişgan.

38 yoşli Özbekiston fuqarosi bölgan ayblanuvçi Qozoğiston Jinoyat kodeksining “qotillik”, “zörlaş” va “jinsiy zöravonlik harakatlari” moddalari bilan aybdor deb topilgan. Hukm qilingan şaxs jazoni maksimal darajadagi xavfsizlikka ega bölgan muassasada ötaydi.


Teglar:
×