. Namanganda 26 yaşar yigit homilador kelinoyisini 15 marta piçoq urib öldirdi. Yigit ruhiy xasta deb topildi

. Namanganda 26 yaşar yigit homilador kelinoyisini 15 marta piçoq urib öldirdi. Yigit ruhiy xasta deb topildi

Namangan viloyatida 2018 yil kuzida 1992 yilda tuğilgan Neʼmat Zaripov akasining uyiga borib, «onamning xizmatini qilmading!» degan sabab bilan homilador kelinoyisiga hujum qilgan. Jinoyat işlari böyiça Namangan viloyat sudidan maʼlum qilişlariça, yigit kelinoyisining ojizligi, homiladorligini bila turib, uning qorin sohasiga kökrak, böyin, hayoti uçun muhim sanalgan badanining boşqa joylariga ön beş marotaba piçoq urgan.

Bölğusi ona, yoşgina ayol olgan tan jarohatlari, içki-taşqi qon ketişi oqibatida voqea joyida vafot etadi.

Ruhiy kasalliklar klinik şifoxonasi xulosasiga köra, Neʼmat Zaripovda «vasvasaga tuşiş» kasalligi aniqlangan. U ijtimoiy xavfli qilmişni sodir etgan vaqtida öz harakatlarini idrok qila olmaydigan darajada ruhiy nosoğlom bölgan. Unga nisbatan kuzatuvi kuçaytirilgan ruhiy kasalliklar şifoxonasida intensiv nazoratda, majburiy tartibda davolaniş tavsiya etilgan.

Sud iş böyiça mutaxassis va guvohlarning körsatmalari, ekspertiza xulosasi hamda iş böyiça töplangan boşqa dalillarni örganib çiqib, Neʼmat Zaripovning odam öldirişda ifodalangan ijtimoiy xavfli qilmişni aqli noraso holatda sodir etgan, deb hisoblab, unga nisbatan jinoyat işini tugatişni hamda tibbiy yösindagi majburlov çorasi tayinlaşni lozim topdi.Avvalroq Toşkent şahrida homilador kelinoyisiga 16 marta piçoq urgan 21 yoşli yigit 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgani haqida xabar berilgan edi. Toşkentdagi hodisada ayol möʼjiza tufayli tirik qolgan, homilasini ham saqlab qolgan edi.

×