Yaşnobod tumanida 3 yaşar bolani qasddan öldirgan 30 yoşli erkak uşlangani xabar qilingandi.
Holat böyiça Oliy sud matbuot xizmati qöşimça axborot berdi.
Qayd etilişiça, Jinoyat işlari böyiça Yaşnobod tuman sudi tomonidan Yaşnobod tumani prokurorining Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismi «v», «j» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvçi S. M.ga (erkak, 1993 yilda Farğona viloyatida tuğilgan, oilali, maʼlumoti – örta-maxsus, muqaddam sudlangan, işsiz) nisbatan «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş hamda sud-psixiatriya ekpertizasi ötkaziş töğrisidagi iltimosnomalari taqdim etilgan hujjatlar bilan körib çiqildi.
Sudning 2024 yil 10 iyuldagi ajrimlari bilan iltimosnomalar qanoatlantirilib, gumon qilinuvçi S. M.ga nisbatan «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilib, sud-psixiatriya ekpertizasi ötkaziş belgilandi, deyiladi rasmiy axborotda.









