Frantsiyadagi jazoni ijro etiş muassasalarining tölişi böyiça yangi rekord örnatildi. Joriy yil 1 avgust holatiga köra, ularda 89 ming 668 nafar mahbus saqlanmoqda. Bu bir yil oldingiga nisbatan 6,5 foizga köp. Vaholanki, qamoqxonalar bor-yöği 63 303 öringa möljallangan. Bu haqda Adliya vazirligi maʼlumotlariga tayanib, “Le Figaro” gazetasi xabar berdi.
Gazetaning yozişiça, gap Frantsiyadagi axloq tuzatiş muassasalarining “surunkali tölib-toşişi fonida örnatilgan yangi rekord” haqida bormoqda. Kameralarda örindiqlar yetişmasligi sababli polga 7 956 ta matras joylaştirişga töğri kelgan – bir yil içida ularning soni 43,5 foizga ortgan. Qisqa muddatga hukm qilinganlar yoki sud jarayonini kutayotgan va şu sababli aybsiz deb hisoblanadigan şaxslar saqlanadigan tergov hibsxonalarining töliş ziçligi 175 foizni taşkil etgan. Oqibatda Frantsiya qamoqxonalarining umumiy töliş darajasi 141,6 foizga yetgan.
Joriy yilning boşida Yevropa Kengaşi Frantsiyadagi qamoqxonalar ahvolini tanqid qilib, öz maʼruzasida ularning “odamlar saqlanadigan omborxonalar”ga aylanib qoliş xavfi borligini maʼlum qilgan. Hujjatda antisanitariya va zöravonlik holatlariga ham eʼtibor qaratilgan. Öz navbatida, Ozodlikdan mahrum qiliş joylari böyiça boş boşqaruvçi Dominik Simonno iyul oyi boşida eʼlon qilingan hisobotda Frantsiyada qamoqxonalar tölib-toşganini bartaraf etişga qaratilgan “umummilliy miqyosdagi çora-tadbirlar” yöqligidan afsusda ekanini bildirgan.
Adliya vazirligi modulli qamoqxonalarda qöşimça 3 mingta örin yaratişni rejalaştirmoqda. Uşbu örinlarning yarmi 2027 yilda foydalanişga topşirilişi közda tutilgan.
“Şu bilan birga, 2018 yilda işga tuşirilgan milliy rejada közda tutilgan 15 mingta qöşimça qamoqxona örnidan uçdan bir qismidan kamroği yaratildi”, deb eslatdi “Le Figaro”.
Simonnoning fikriça, “qamoqxonalar tölib-toşişining hozirgi ösiş surʼatlarini hisobga olganda, yangi muassasalar quriş muammoga munosib yeçim böla olmaydi”. Muammoni bartaraf etiş uçun “har olti haftada bittadan ishol muassasasini foydalanişga topşiriş kerak edi”. Yevropa Kengaşining 2025 yilgi baholaşiga köra, Frantsiya qamoqxonalarning tölib-toşiş darajasi böyiça Yevropadagi eng yomon körsatkiçlardan biriga ega: u bu borada Turkiya bilan birgalikda birinçi örinni bölişib turibdi.









