Bugun, 21 may kuni ertalab bitkoin narxi 111 ming 886 dollarga çiqib, yangi tarixiy rekordni örnatdi. Bu haqda “Coin Metrics” maʼlumotlariga tayanib, CNBC xabar berdi.
CoinShares kompaniyasining tadqiqotlar böyiça rahbari Jeyms Batterfillning aytişiça, narxning keskin ösişi bir neça omillar bilan boğliq. Xususan, ijobiy palla va bozor işonçining ortişi, AQŞda kriptoni tartibga soliş masalalaridagi ijobiy siljişlar, institutsion investorlar tomonidan yuqori qiziqiş.
Qayd etilişiça, bitkoin odatda texnologiyaga yönaltirilgan Nasdaq indeksiga kuçli korrelyatsiyaga ega. Ammo bu safar AQŞ fond bozorlari pasaygan paytda bitkoin ösişda davom etmoqda. Bu esa investorlarning valyutalarga işonçsizlik fonida muqobil qiymat saqlovçi vosita izlayotganini körsatmoqda.
Batterfillning aytişiça, bu ösişda Moody’s agentligi tomonidan AQŞ suveren kredit reytingining pasaytirilişi ham muhim rol öynagan.
Şuningdek, sönggi kunlarda AQŞda kripto bozoriga doir bir neçta ijobiy yangiliklar paydo bölgan. Xususan, GENIUS Act (koinlarni tartibga soluvçi qonun loyihasi) AQŞ Senatida asosiy protseduraviy ovoz berişdan ötgan. AQŞ Prezidenti Donald Tramp va uning texnologiya masalalari böyiça maslahatçisi Devid Saks kripto sohasini qöllab-quvvatlovçi kun tartibini ilgari surmoqda. JPMorgan banki boş direktori Jeyms Daymon avvalgi tanqidlariga qaramay, endi mijozlarga bitkoin sotib olişga ruxsat berilişini eʼlon qildi.
Umuman olganda bu ösiş nafaqat texnik omillar, balki makroiqtisodiy xavotirlar, siyosiy siljişlar va yirik moliyaviy institutlar pozitsiyasi bilan boğliq. Bitkoin tobora köproq valyutaviy beqarorlikka qarşi xavfsiz aktiv sifatida körilmoqda.









