Bugun, 7 mart kuni Yevropada savdolar vaqtida gaz narxi 1000 kub metr uçun 3000 dollardan oşdi, şu tariqa tarixiy rekordni yangiladi.
ICE birjasi maʼlumotlariga köra, TTF markazidagi aprel fyuçerslarining narxi 1000 kub metr uçun 3266 dollargaça kötarildi. 3 mart kuni Yevropada gaz narxi 1000 kub metr uçun 2300 dollardan oşgandi.
“Gazprom” maʼlumotlariga köra, fevral oyi oxirigaça Yevropa yerosti omborlaridan 47 milliard kub metr yoki ötgan yili ğamlangan gazning 100 foizi tortib olingan. Qolgan zahiralarning umumiy hajmi 29,5 foizga baholanmoqda.
Rossiyaning Ukraina bostirib kirişi fonida gaz va neft qimmatlaşmoqda. Bugun Brent markali neftning narxi 7 mart kuni 2012 yildan beri ilk bor barreliga 130 dollardan oşib ketdi.









