Dunyo okeani rekord darajada isib ketdi

Dunyo okeani rekord darajada isib ketdi

Joriy yilning iyun oyida dunyo okeani yuzasining örtaça harorati kuzatuvlar tarixidagi iyun oyi uçun eng yuqori körsatkiçga kötarilib, 21 daraja yaqinlaşdi. Uşbu körsatkiç harorat 20,9 daraja atrofida bölgan 2023 va 2024 yillardagi rekordlarni yangiladi. Bu haqda Yevropaning “Copernicus Marine” monitoring xizmati xabar berdi.

Joriy yilning dastlabki olti oyida dunyo okeanining örtaça harorati uzluksiz ravişda kötarilib, yarim yillik yakunlariga köra plyus 20,94 darajani taşkil etgan. Bu kuzatuvlar tarixidagi ikkinçi eng yuqori natija hisoblanadi.

“Dengizdagi issiqlik tölqinlari butun davr davomida töxtovsiz tarqalib, yakunda dunyo okeanining taxminan 82 foizini qamrab oldi”, deydi “Copernicus” dengiz xizmatining yetakçi okeanografi Saymon van Gennip.

Tadqiqotçining sözlariga köra, Örta yer dengizi, Şimoliy Atlantikaning markaziy qismi va Tinç okeanining ekvatorial qismi yuqori harorat öçoqlariga aylangan. Uşbu suv havzalarida ham rekord darajadagi körsatkiçlar qayd etilgan. Van Gennip dunyo okeani barqaror issiqlik stressi (bosimi) ostida ekanini bildirgan.

“Copernicus Marine” press-relizida körsatilişiça, bunday isiş El-Nino iqlim hodisasining boşlanişi bilan boğliq. El-Nino – Tinç okeanining markaziy va şarqiy qismlarida 9 oydan 12 oygaça davom etadigan anomal isiş davridir. Iyun oyining örtalarida Avstraliya Meteorologiya byurosi uşbu hodisa boşlanganini eʼlon qilgan.


Teglar:
×