AQŞ Prezidenti Jo Bayden töqqiz oydan buyon mamlakatni boşqarmoqda. Uşbu muddat davomida uning reytingi sezilarli darajada tuşib ketdi. Bayden bu borada 1945 yildan beri Amerikani boşqargan boşqa yetakçilarni “ortda qoldirdi”. Bu haqda “Gallup” tadqiqotlari natijalariga tayanib xabar berilgan.
Taʼkidlanişiça, Baydenning reytingi 11,3 foiz punktga pasaygan va bu mamlakatning oldingi önta Prezidenti reytingining pasayiş körsatkiçlaridan ham köproqdir.
Baydendan oldin AQŞning 44-Prezidenti Barak Obama reytingning eng tez pasayişi böyiça “rekord” egasi edi, mamlakatni boşqargan birinçi töqqiz oyida uning reytingi 10,1 foiz darajaga tuşib ketgandi.
Taʼkidlanişiça, Baydendan oldingi Prezident Donald Trampda reyting tuşiş darajasi 4,4 foiz punktni taşkil qilgan.
Taqqoslaş uçun, AQŞning 43-rahbari kiçik Jorj Buşning maşhurlik reytingi uning prezidentligining 9 oyida 13,1 foiz punktga, 41-Prezident katta Jorj Buşning reytingi esa 12,0 foiz punktga oşgan.
Naşrning taʼkidlaşiça, Baydenning maşhurligi iyul oyida, mamlakatda koronavirus bilan kasallaniş kuçaygan paytdan boşlab tuşa boşlagan va avgust oyining oxirida amerikalik qöşinlarning Afğonistondan tartibsiz çiqib ketişi vaziyatni yanada kuçaytirgan.
Maʼlumot örnida, demokrat, sobiq vitse-prezident va 36 yillik Kongress aʼzosi Bayden 2020 yil 3 noyabrda bölib ötgan saylovlarda AQŞning 46-Prezidenti böldi.









