Özbekistonda tuğilişlar soni yiliga 1 milliondan oşişi mumkin

Özbekistonda tuğilişlar soni yiliga 1 milliondan oşişi mumkin

2040 yilga borib Özbekistonda tuğilişlar soni yiliga 1 mlndan oşişi mumkin. Bu haqda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tayyorlangan “Içki va taşqi migratsiyaning demografik jarayonlar va oila institutiga uzoq muddatli taʼsirini baholaş” ilmiy loyihasi doirasida tuğiliş körsatkiçlarining uzoq muddatli prognozida keltirilgan.


Prognoz natijalariga köra, Özbekistonda tuğilişlar soni kelgusi yillarda ösişda davom etadi:

  • 2030 yilda — 892,7 ming nafar;
  • 2040 yilda — 1 016,1 ming nafar;
  • 2050 yilda — 1 234,1 ming nafar.

Şu tariqa, 2050 yilga borib tuğilişlar soni 2025 yilga nisbatan 354,5 ming kişiga yoki 40,3 foizga köpayişi prognoz qilinmoqda.

Hududlar kesimida eng yuqori ösiş surʼatlari:

  • Toşkent viloyati – 62 foiz;
  • Toşkent şahri – 61 foiz;
  • Andijon viloyati – 48,6 foiz; 
  • Samarqand viloyati – 43,3 foiz;
  • Namangan viloyati – 42,4 foiz.

Tuğilişning umumiy koeffitsiyenti böyiça esa örta muddatda biroz pasayiş, keyinçalik barqaror ösiş tendentsiyasi kutilmoqda. Respublika böyiça uşbu körsatkiç 2030 yilda 21,2 promille, 2040 yilda 20,8 promille, 2050 yilda esa 21,9 promilleni taşkil etişi prognoz qilingan.

2050 yilda tuğiliş koeffitsiyenti eng yuqori bölişi kutilayotgan hududlar:

  • Surxondaryo viloyati – 24,7 promille;
  • Qaşqadaryo viloyati – 23,8 promille;
  • Namangan viloyati – 23,1 promille;
  • Samarqand viloyati – 23,1 promille;
  • Andijon viloyati – 22,9 promille;
  • Toşkent şahri – 22,3 promille.

Qayd etilişiça, tuğilişlar sonining prognoz qilinayotgan ösişi kelgusi yillarda taʼlim, soğliqni saqlaş, maktabgaça taʼlim, uy-joy, ijtimoiy xizmatlar va mehnat bozori infratuzilmasiga bölgan ehtiyojni ham oşiradi. Şu nuqtai nazardan, demografik özgarişlarni oldindan baholaş davlat resurslarini samarali taqsimlaş, hududlarni kompleks rivojlantiriş va inson kapitaliga investitsiyalarni strategik rejalaştiriş imkonini beradi.


Teglar:
×