Özbekistonda joriy yilning yanvar-iyun oylarida 373,4 mingta tuğiliş qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
Maʼlumotlarga köra, 1991 yilda mamlakatda 723,4 ming nafar bola tuğilgan. 2000 yilga kelib bu körsatkiç 527,6 ming nafarga tuşgan. Bu 1991 yildagiga nisbatan 27,1 foizga kam.
Şundan keyin tuğilişlar soni yana ösişni boşlagan. 2000 yildagi körsatkiç 2023 yilga kelib 82,3 foizga oşib, 962 ming nafarga yetgan. Bu 1991 yildan buyon qayd etilgan eng yuqori körsatkiç hisoblanadi.
Biroq sönggi yillarda tuğilişlar soni kamaygan. Xususan, 2024 yilda 926,4 ming nafar bola tuğilgan bölsa, 2025 yilda bu körsatkiç 879,6 ming nafarni taşkil etgan. Natijada bir yil içida tuğilişlar soni 5,1 foizga kamaygan.
2025 yildagi körsatkiç 2023 yilga nisbatan 8,6 foizga kam. Şunga qaramay, 2025 yilda tuğilişlar soni 1991 yildagiga qaraganda 21,6 foizga köp bölgan.
Özbekistonda tuğilişlar soni yillar kesimida:
- 1991 yil – 723,4 ming nafar;
- 1995 yil – 678 ming nafar;
- 2000 yil – 527,6 ming nafar;
- 2005 yil – 533,5 ming nafar;
- 2010 yil – 634,8 ming nafar;
- 2015 yil – 734,1 ming nafar;
- 2020 yil – 841,8 ming nafar;
- 2021 yil – 905,2 ming nafar;
- 2022 yil – 932,2 ming nafar;
- 2023 yil – 962 ming nafar;
- 2024 yil – 926,4 ming nafar;
- 2025 yil – 879,6 ming nafar;
- 2026 yil yanvar–iyun – 373,4 ming nafar.









