“Eng gözal qotil” umrbod qamaldi

“Eng gözal qotil” umrbod qamaldi

Janubiy Koreya poytaxti Seulda “eng gözal qotil” deb laqab olgan 20 yoşli Kim So Yon erkaklarni zaharlaş işi böyiça umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Chosun” xabar berdi.

Qayd etilişiça, sud muhokamasi davomida Kim So Yon jabrlanuvçilarni şunçaki uxlatib qöymoqçi bölganini va ular ölib qolişi mumkinligini xayoliga ham keltirmaganini aytgan. Qiz ularni uxlatib, göyoki jinsiy zöravonlikdan himoyalanmoqçi bölganini bildirgan.

Biroq sud Kim jinoyatni sodir etiş vaqtida preparatlar taʼsiridan jabrlanuvçilar vafot etişi mumkinligini anglaganini aniqlagan va unda qotillik qasdi bölgan degan xulosaga kelgan. KakaoTalk’dagi yozişmalar va işning boşqa materiallarini örganib çiqqaç, sudya jinsiy zöravonlik yuz bergani haqida heç qanday isbot topmagan. Olti nafar jabrlanuvçidan biriga nisbatan oğir hujum qiliş ayblovi böyiça sud uni aybsiz deb topgan. Birinçi instantsiya sudining hukmi hozirça yakuniy emas va uning ustidan şikoyat qilinişi mumkin.

Özi nima bölgan?

Jinoyatlar 2025 yilning oxiri va 2026 yilning boşida Seulning Kanbuk tumanidagi mehmonxonalarda yuz bergan. 20 yoşli Kim So Yon ijtimoiy tarmoqlar, ilovalar va barlarda erkaklar bilan tanişgan hamda ularni motellarga taklif qilgan. U özi bilan teng uç nafar erkakka benzodiazepin guruhiga kiruvçi dori vositalari solingan içimliklarni berib, ulardan ikki nafarining ölimiga va bir nafarining huşdan ketişiga sabab bölgani uçun mart oyida hibsga olingan va ayblov eʼlon qilingan. Keyingi suriştiruvlar davomida, şu yilning aprel oyida unga xuddi şu usulda yana uç nafar erkakka tan jarohati yetkazgani böyiça qöşimça ayblov qöyilgan.

18 avgustda bölib ötgan sud majlisida prokurorlar Kim So Yonga ölim jazosi berilişini söragan. Şuningdek, ular suddan uni 30 yil davomida elektron kuzatuv qurilmasini taqişga majbur qiliş va probatsiya nazoratini örnatişni söragan.


×