Frantsuz ayollari gözal böliş uçun amal qiladigan 5 qoida

Frantsuz ayollari gözal böliş uçun amal qiladigan 5 qoida

Frantsuz ayollari özini boriça qabul qiliş va istalgan kamçilikni afzallikka aylantirişni yaxşi biladi. Tişlar orasi oçiq bölsa tabassum gözal, burun katta bölsa közlar şahlo deb hisoblaydi ular. Gözallik taşqi köriniş emas, qalb bilan boğliq degan fikrni qöllab-quvvatlaydigan xonimlar ajinlarni tonal krem bilan qoplamaydi, bor husniga tabiiylik bilan urğu beradi.

Quyoş nuridan himoyalaniş

Yuzning deyarli yarmini yopib turadigan quyoşdan himoyalovçi közoynak, nafaqat zamonaviy aksessuar, balki yoşlikni saqlaş usuli hamdir. Terisiga alohida eʼtibor beradigan frantsuz ayollari uni hatto qiş kunlari ham ultrabinafşa nurlaridan himoya qiladi. Maşina va ofisda bir neçta közoynak turişi tabiiy hol. Xuddi şuning singari ular nafaqat yuz, balki terining boşqa oçiq qismlariga har kuni SPF krem surtişni kanda qilmaydi. Qiş kunlarida SPF 5-10, yozda esa 30 dan kam bölmagan vositalardan foydalanadi.

Tiniqib uxlaş va mazali nonuşta

Aksariyat ayollarni ikki tanlov: uxlaş yoki makiyaj qiliş qiynaşi mumkin, lekin frantsuzlarni emas. Uşbu mamlakatning nozik jins vakillari tiniqib uxlaşni afzal biladi. Uyqudan şoşmay uyğonadigan ayollar, yaqin joydagi kafega borib qahva va kruassan bilan nonuşta qiladi. Közlar mukammal qilib böyanmasligi mumkin, ammo kayfiyatning kun böyi kötarinki bölişi taʼminlanadi.

Tizzalar uçun qimmatbaho kremlar

Aftidan, frantsuz ayollari Koko Şanelning tizza odam gavdasining eng xunuk qismi degan sözlariga tamoman işonadi. Şu sabab bölsa kerak yoşligidanoq qimmat kremlardan pul ayamay, imkon bölişi bilan tizzalariga surtadi. Ularning fikriça, yoş ötişi bilan boğliq muammolar aynan tizzalarda aks etadi.

Nomiga jingalak soçlar

Frantsuz xotin-qizlari soçlarini dazmol va fen bilan şikastlamaslikni maʼqul biladi. Ular aksariyat hollarda soçini tabiiy usul bilan quritadi. Baʼzida hatto taramasdan turib yiğib oladi. Natijada esa soçlar tabiiydek nomiga jingalak bölib turadi.

Tabiiylikka urğu

Köpçilik qizil pomada surtiş uçun tonal kremdan foydalaniş va şunga mos makiyaj qiliş kerak deb hisoblaydi. Ammo frantsuzlar emas. Qizil pomada ularning makiyajidagi yagona kosmetik vosita bölişi mumkin, uning özi bilan çeklaniş frantsuz ayollari uçun tabiiy hol. «Au naturale» trendiga amal qiladigan xonimlar tabiiy rangdagi ten, rumyana va pomadadan foydalanadi. Maksimal darajada tabiiy körinişni istaydilar va şu sabab ham töliq makiyaj qilmaslikni afzal biladilar. Ular tonal krem yoki pudradan köra yaxşi kosmetolog va qimmat kremga pul sarflaydi.

×