Joriy yilning 31 yanvar kuni Yangihayot tumanida 12 yoşli qizning ölimi bilan boğliq mudhiş jinoyat işi yuzasidan sud jarayoni yakunlandi.
Bugun, 2023 yil 26 may kuni jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudida sudlanuvçi A. T. (1993 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, muqaddam sudlangan) ga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni tugab, sud hukmi eʼlon qilindi.
Uşbu jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudining raisi A. Jalilov raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat işlarining oşkora körilişi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida körib çiqildi.
Eʼlon qilingan sud hukmiga köra A. T. Jinoyat kodeksining 226-moddasi (maʼmuriy nazorat qoidalarini buziş) 1-qismi, 137-moddasi (odam öğrilaş) 3-qismi «b» bandi, 118-moddasi (nomusga tegiş) 4-qismi, 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) 4-qismi, 104-moddasi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 2-qismi «v» bandi va 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismi «v», «j», «z», «o» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) 4-qismi tartibida uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Şuningdek, Jinoyat kodeksining 34-moddasi (retsidiv jinoyat) 3-qismi «b» bandiga asosan A. T. öta xavfli retsidivist deb topilib, unga tayinlangan jazo maxsus tartibli koloniyada ötattiriliş belgilandi.
Bundan taşqari, Jinoyat kodeksining 96-moddasi (jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yösindagi majburlov çoralarini qöllaş) ga muvofiq A. T. ga jazoni ötaş joylarida alkogolizm hamda murakkab politoksikomaniyaga qarşi davolaş çoralari qöllaniliş belgilandi.
Birinçi instantsiya sudining uşbu hukmidan norozi taraflar hukm eʼlon qilingan kundan eʼtiboran yigirma sutka içida, sudlanuvçi va jabrlanuvçining qonuniy vakili hukm nusxasini olgan kunidan eʼtiboran şu muddat içida Toşkent şahar sudining jinoyat işlari böyiça apellyatsiya instantsiyasi sudlov hayʼatiga şikoyat berişi yoki protest bildirişi mumkinligi maʼlum qilinadi.









