Rossiyaning 2-Ğarbiy okrug harbiy sudi sudyalari hayʼati general-leytenant Igor Kirillov halok bölgan teraktni sodir etganlikda ayblangan Ahmad Qurbonovga umrbod ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinladi. Şuningdek, unga 1 mln rubl miqdorida jarima belgilandi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Naşrga köra, portlovçi moddani yetkazib bergan Ozarbayjon fuqarosi Robert Safaryan 25 yilga qatʼiy tartibli koloniyaga hukm qilingan, şundan dastlabki 9 yilini qamoqxonada ötaydi. Qurbonovga turarjoy ijaraga bergan Inguşetiya fuqarolari Batuhan Toçiyev va Ramazon Padiyevga mos ravişda 22 yil (dastlabki 8 yili qamoqxonada) va 18 yil (dastlabki 6 yili qamoqxonada) ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, şuningdek 200 ming rubl miqdorida jarima tayinlangan.
Ayblanuvçilarga iş doirasida öz rollariga qarab terrorçilik hamjamiyatini taşkil etiş va unda iştirok etiş, teraktni tayyorlaş, şuningdek portlovçi moddalarni noqonuniy aylantiriş va portlovçi qurilma yasaş ayblovlari qöyilgan. Sud munozaralari çoğida prokuror Nadejda Tixonova Qurbonovni umrbod qamoq jazosiga, Safaryanni 28 yilga, Toçiyevni 26 yilga, Padiyevni esa 24 yilga qatʼiy tartibli koloniyaga hukm qilişni söragan.
Naşrga köra, Qurbonov aybini tan olib, tergov bilan faol hamkorlik qilgan. Boşqa ayblanuvçilar esa Qurbonovning terrorçilik faoliyatiga aloqadorligini bilmaganini maʼlum qilgan. Toçiyev va Padiyev sudda faqat kvartirani ijaraga beriş bilan şuğullanganini aytgan, Safaryan esa u yetkazgan poçtada nima borligidan bexabar bölganini bildirgan.
Tergov versiyasiga köra, 2024 yil 17 dekabr kuni Özbekiston fuqarosi Qurbonov Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) topşiriğiga binoan general Kirillov yaşagan uyning kiriş qismiga rulida masofadan boşqariladigan bomba örnatilgan elektro-samokatni qoldirgan. Şundan söng terakt ijroçisi ijaraga olingan avtomobilga ötirib, bölayotgan voqealarni Ukrainaga jonli efirda uzatgan. General Igor Kirillov va uning yordamçisi mayor Ilya Polikarpov uyidan çiqqan paytda portlaş sodir bölib, ikki zobit ham halok bölgan.
Rossiya Tergov qömitasi maʼlumotiga köra, harbiy xizmatçilarni portlatib öldirgani uçun Qurbonovga 100 ming dollar, yangi hujjatlar va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan birida yaşaş uçun ruxsatnoma vaʼda qilingan. Biroq u bu mukofotni olmagan,, çunki portlaşdan bir neça soat ötib qölga olingan. Şundan söng Vladimir şahrida Safaryan ham qölga olingan. Tergov iddaosiga köra, u Polşadan olib kelingan bombani Qurbonovga topşirgan. Dastlab unga faqat portlovçi moddalarni noqonuniy aylantiriş aybi qöyilgan, biroq Moskvaga olib kelingaç, teraktda iştirok etganlik böyiça ham ayblov qöyilgan. Keyinroq, 2025 yil yanvarida Batuhan Toçiyev va Ramazon Padiyev ham hibsga olingan. Iş materiallariga köra, ular Qurbonovni portlaşdan keyin yaşirinişi uçun kvartira bilan taʼminlagan.
Rossiya tergovi maʼlumotlariga köra, UXX terakt tayyorgarligini USDT steyblkoinlari (muayyan valyuta kursiga boğlangan kriptoaktivlar) orqali moliyalaştirgan. Dastlabki bosqiçda Qurbonov 5 ming USDT olgan. 2024 yilda bu 404,8 ming rublga teng bölgan.
Tergovning aniqlaşiça, rus tilini deyarli bilmaydigan Özbekiston fuqarosi avval Toşkentdan Baku şahriga, keyin Ostona orqali Moskvaga yöl olgan. Poytaxtda u kriptovalyuta orqali yana 431 ming rubl olgan. Umuman olganda, Tergov qömitasi hisob-kitobiga köra, teraktni taşkil etişga taxminan 842 ming rubl sarflangan. 27 ta kvartira va 13 ta avtomobil egalariga yetkazilgan moddiy zarar 3,3 mln rublga baholangan.
2-Ğarbiy harbiy suddagi sud jarayoni ötgan yilning 5 noyabrida boşlangan va yopiq tartibda ötkazilgan. Jarayon yopilişidan avval sud raisi Içki işlar vazirligidan kelgan xabarni öqib eşittirgan. Unda dastlabki tergov bosqiçida “jinoyatni oqlaşga qaratilgan provokatsion harakatlar muntazam sodir etilgani” qayd etilgan. Şuningdek, vazirlik maʼlumotiga köra, “maxsus harbiy operatsiya ötkazilişiga qarşi bölgan şaxslar” sud majlislarida qatnaşib, ularni “UXX nazoratidagi mediaresurslarda” yoritişni rejalaştirgan. Şu sababli prokuror Nadejda Tixonova jarayonni OAV va tinglovçilar uçun yopişni söragan, ayblanuvçilarning advokatlari esa bu iltimosga qarşi çiqmagan.









