Katta tezlikda maşina haydaş oqibatida vafot etgan haydovçiga janoza öqiladi — Özbekiston musulmonlari idorasi

Katta tezlikda maşina haydaş oqibatida vafot etgan haydovçiga janoza öqiladi — Özbekiston musulmonlari idorasi

3 iyun kuni Özbekiston musulmonlari idorasi katta tezlikda maşina haydaş oqibatida vafot etgan haydovçi öz joniga qasd qilgan maqomida bölişi haqida fatvo berdi. «Gazeta.uz» fatvo bölimi mudiri Ğulomjon Xolboyevga tayanib, uşbu şaxslarga janoza öqilişi yoki öqilmasligi borasidagi masalaga oydinlik kiritdi.

«Bizning hanafiy mazhabimizda öz joniga qasd qilgan kişiga ham janoza öqiladi. Şunday ekan, tezlikni oşirgani sabab halok bölgan insonga ham janoza öqiladi», — deydi Ğulomjon Xolboyev.

Özbekiston Musulmonlari idorasining fatvosiga köra, ruxsat etilgandan yuqori tezlikda harakatlanişi oqibatida röy bergan baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan haydovçi şarʼiy jihatdan haddidan oşgan va öz joniga qasd qilgan maqomida hisoblanadi. Şuningdek, yöl harakati qoidalariga amal qilmaydigan yoki bunga layoqati bölmagan şaxslarning transport vositasini boşqarişi, yöl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan holatda transport vositasini boşqariş şarʼan joiz emas.

Bundan avval Özbekistondagi yöl harakati sohasidagi muammolarni örganiş va ularni bartaraf etiş böyiça işçi guruh tuzilgani, Özbekistonda yilning dastlabki çoragida yöl-transport hodisalarida halok bölgan bolalar soni 64,5 foizga oşgani hamda Farğonada bir haftada YTHlar oqibatida 20 kişi halok bölgani haqida xabar berilgandi.

×