Diqqat “omikron”ning yangi mutatsiyasi keng tarqalyapti! Özbekiston SSV ogohlantirmoqda

Diqqat “omikron”ning yangi mutatsiyasi keng tarqalyapti! Özbekiston SSV ogohlantirmoqda

Hozir dunyoda “omikron”ning BA.4 va BA.5 versiyalari yetakçilik qilmoqda. Bugungi kunda Yevropada uşbu virusning BQ1.1 subvarianti keng tarqalmoqda. Mutaxassislar unga “tserber” deb nom berişgan. Mazkur mutatsiya öta yuqumli va immunitetga oson “çap beriş” xususiyatiga ega. Bu haqda Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, mazkur vaziyatni xalqaro ekspertlar ikki oy avval prognoz qilgan. Öşanda noyabrdan boşlab yangi mutatsiyalar Yevropada dominantga aylanişi aytilgan. 

Maʼlum qilinişiça, “tserber” deb nomlangan yangi mutatsiya bir hafta içida ikki baravar köpaya olişi laborator tekşiruvlar davomida tasdiqlangan. Qolaversa, avvalgi ştammlarga nisbatan inson hujayralari bilan yaxşiroq aloqaga kirişa oladi. Şu bois uşbu variantni yuqtirganlar orasida şifoxonaga yotqiziliş holatlari sezilarli darajada ortgan.

Ayni paytda BQ1.1 Daniya, Frantsiya, Belgiya, Irlandiya, Niderlandiya va Italiyada şiddat bilan tarqalyapti. Xususan, Daniyada uşbu yangi subvariant uç oy içida 0,5 foizdan 40 foizgaça köpaydi. Kelgusi haftalarda u mamlakat böylab dominantga aylanişi kutilyapti. 

Şuningdek, AQŞda ham mazkur “kiçik ştamm” uluşi 40 foizga yaqinlaşgan. Vaholanki, ikki oy avval bu körsatkiç atigi 2 foizni taşkil etayotgan edi. Prognozlarga köra, profilaktik çora-tadbirlar kuçaytirilmasa, uşbu yangi mutatsiya yaqin kelajakda dunyo böyiça dominant versiyaga aylanişi mumkin. 

“Şu bois, mutaxassislar, 60 yoşdan oşgan, yondoş kasalliklarga çalingan va immuniteti zaif kişilar, qolaversa, homilador ayollar birinçi navbatda buster doza bilan emlanişi zarurligini taʼkidlamoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.


×