Xakerlar ofşor zonadagi Kayman milliy bankiga hujum uyuştirişdi, deb yozmoqda Meduza. Bank körilgan zarar miqdorini oçiqlamadi.
Unicorn Riot maʼlumotlariga köra, xakerlar kamida 3800 ta kompaniyalar, fondlar hamda jismoniy şaxslarning maʼlumotlariga kirişga muvaffaq bölişgan. Gap bankning kiprlik, britaniyalik hamda Britaniyaning Virjiniya orolida röyxatdan ötgan mijozlar haqida ketyapti.
Xakerlik hujumi 17 noyabrda amalga oşirgan. Javobgarlikni özini Fineas Fişer (Phineas Fisher) deb atagan xaker öz zimmasiga olgan. U "siyosiy sabablar"ga köra bu işni qilganini yozgan va boşqa xakerlarni ham "kapitalizm va notenglik kuraşi"ga qöşilişga undagan.
Fineas Fişer 2003 yildan beri faoliyat olib borayotgan Anonymus xakerlar guruhi bilan aloqador. Fişer videokameralar işlab çiqaradigan Gamma Group'ga qilingan hujumlar hamda politsiya va maxsus xizmatlar uçun dasturiy taʼminot sotiş bilan şuğullanadigan Hacking Team italyan şirkati serverlariga qilingan hujumlarni ham öz böyniga olgan.
Hacking Team'ga qilingan hujumlar natijasida Özbekiston maxsus xizmatlariga taaluqli deb gumon qilingan "Sahro muşugi" xakerlik guruhi oşkor bölgan edi.









