AQŞ maʼmuriyati mamlakatdan boşpana söragan xorijliklarga berilgan 200 minggaça sayyohlik va biznes vizalarini bekor qilişga tayyorgarlik körmoqda. Bu haqda Associated Press AQŞ Davlat departamenti hujjatlari va ikki nafar rasmiyga tayanib xabar berdi.
Gap 2016-2026 yillar oraliğida berilgan B1 va B2 toifasidagi vizalar haqida ketmoqda. Çora AQŞga qisqa muddatli taşrif maqsadida kirib, keyinçalik mamlakatda doimiy qoliş uçun boşpana söragan yoki hozirda boşpana oliş jarayonida bölgan xorijliklarga taalluqli bölişi kutilmoqda.
Davlat departamenti bu jarayon Içki xavfsizlik vazirligi bilan hamkorlikda amalga oşirilişini bildirgan. Biroq bekor qilinadigan vizalarning yakuniy soni hozirça aniq emas va jarayon bosqiçma-bosqiç ötkazilişi rejalaştirilgan. Agar reja amalga oşsa, bu AQŞ tarixidagi eng yirik ommaviy viza bekor qiliş holati bölişi mumkin.









