$10 minggaça valyutani Özbekistondan deklaratsiyasiz olib çiqiş mumkin böladi

$10 minggaça valyutani Özbekistondan deklaratsiyasiz olib çiqiş mumkin böladi

Özbekistondan deklaratsiyasiz olib çiqiş mumkin bölgan naqd pul miqdori 10 ming dollar etib belgilandi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 27 avgust kuni qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillaştiriş va bojxona maʼmurçiligida zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 174-sonli farmonida söz boradi.


Hujjatga köra, bojxona sohasini yanada isloh qiliş, ayrim tartib-taomillarni soddalaştiriş va jarayonlarni raqamlaştirişning qöşimça çora-tadbirlari böyiça “yöl xaritasi” tasdiqlangan. Unga muvofiq, jismoniy şaxslar tomonidan respublikadan naqd valyutani olib çiqiş meʼyori 10 ming AQŞ dollari ekvivalenti etib belgilanadi va bu miqdordan oşganda deklaratsiya töldiriladi.

2027 yil dekabr oyiga qadar bu özgariş közda tutilgan qonun loyihasi işlab çiqiladi. Buni amalga oşirişga Bojxona qömitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi masʼul etib belgilandi.

Maʼlumot uçun, hozirda jismoniy şaxslar tomonidan Özbekiston Respublikasining naqd valyutasini va çet el naqd valyutasini mamlakatga olib kiriş çeklovlarsiz amalga oşiriladi. Şuningdek, jismoniy şaxslar tomonidan Özbekiston Respublikasining naqd valyutasini va çet el naqd valyutasini mamlakatdan taşqariga olib çiqiş 100 million söm ekvivalentdan ortiq bölmagan summada amalga oşiriladi. Naqd valyutani belgilangan ekvivalentdan ortiq summada olib çiqiş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oşiriladi.


×